Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan bo'lib, Urganch davlat universitetining "Turizm" kafedrasi tomonidan "Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirish asoslari" fanidan maruzalar matni sifatida nashr etilgan.

Asosiy mavzular

  • Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari fanining maqsadi va vazifalari. Turoperator tushunchasi.: Fanning predmeti, ob'ekti, turoperatorlik tushunchasi, turoperator turizm bozorining sub'ekti sifatida.
  • Turizm xizmat bozorida turoperatorlik faoliyatining asosiy funksiyalari: Turoperatorning asosiy funksiyalari, qabul qilish boʻyicha turoperatorning asosiy funksiyalari.
  • Turizm bozori tushunchasi va vazifalari: Turizm bozorining funksiyalari va tarkibi, turizm bozoriga ta'sir qiluvchi asosiy omillar, Oʻzbekiston Respublikasida turizm bozorining holati va uning muammolarini tahlil qilish.
  • Turizmda xizmatlar va ularning xususiyatlari: Turistik xizmatlarning xususiyatlari, xizmat koʻrsatish darajalari (klasslari), xizmatlar paketi, xizmat ko'rsatish dasturi, xizmat yetkazib beruvchilar.
  • Turistlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etish: Turxizmatlarni loyihalash, xizmat koʻrsatish strategiyasi va menejmenti, xizmat koʻrsatish animatsiyasi, xizmat koʻrsatish sifati va uni boshqarish yoʻllari.
  • Turizmda joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari: Turistlarni joylashtirish vositalari, mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari, turizmda ovqatlantirishni tashkil etish.
  • Transport xizmatini tashkil etish: Turistlarga transportda xizmat koʻrsatishning mazmuni, turistik mahsulotlar tarkibida transportning ulushi, avtobuslarda turistlarni tashish, dengiz transportida turistlarni tashish, turistlarni hayvonlar yordamida tashish.
  • Turistik marshrutlarni ishlab chiqish: Turizm marshruti haqida tushuncha, turistik marshrutning kelib chiqishi, turlarning xillari va turistik marshrutlar, turistik marshrutlarda xizmat koʻrsatish.
  • Turlarni shakllantirish va tashkil etish: Tur tushunchasi, turlarni rejalashtirish va shartnomali reja, sayohatlarni loyihalashtirish.
  • Turoperatorning xalqaro turlarni tashkil etish xususiyatlari: Xalqaro turlarni tashkil etish, turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari, turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning oʻrni va roli.
  • Turoperatorlik xizmatlarida turistlar xavfsizligini ta'minlash: Turistlar xavfsizligini va ularni himoya qilishni qonun yoʻli bilan taʼminlash, turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari, xavfsizlik sohasidagi ayrim turistik tushunchalarni standartlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining turizm xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari.
  • Turoperatorlik xizmatlarini tashkil etishda axborot texnologiyalari: Turizmda axborot texnologiyalari turlari va ularning mohiyati, kompyuter tizimida oʻrinlarni bronlashtirish, turizmda Internet texnologiyalar.
  • Turistik mahsulotlarni sotilishning asosiy shakllari: Turistik xizmatlarni sotish kanallarini shakllantirish, turistik mahsulotni taqsimlash samaradorligi, turmahsulotni hisoblash jarayoni, sotish boʻyicha hamkorlarni tanlash.
  • Turistik mahsulotlarni reklama qilish: Turizmda reklamaning ahamiyati, reklama vositalari yoki reklama tashuvchilarni tanlash, reklama e'lonlari uchun toʻlovlar va harajatlarni nazorat qilish.
  • Turistik mahsulotlarni sotilishida qiziqtirish va targʻib qilish ishlari: Iste'molchilarni rag'batlantirish, chakana turagentlarni rag'batlantirish, turizmni tashviqot qilish.
  • Xizmat yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik va shartnomalar tuzish: Shartnoma rejasi, Mehmonxona xoʻjaligi va ovqatlantirish tashkilotlar bilan shartnoma tuzish, avtotransport korxonalari va aviakompaniya bilan shartnoma, temir yoʻl va ekskursiya xizmati koʻrsatuvchi firmalar bilan shartnoma tuzish.
  • Turoperator katologi va turli koʻrgazmalarga qatnashish: Katolog turlari va vazifalari, rasmli ma'lumotlarni tanlash, turagentlar bilan hamkorlik shartlari va shakllari, turistik yarmarkalarda qatnashish va tayyorgarlik koʻrish.