Андижон вилоятида экилаётган ғўза навларини етиштириш агротехнологияси

Ushbu qo'llanmada Andijon viloyatining tuproq-iqlim sharoitlari va yetishtirilayotgan g'o'za navlarining biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda suv va resurslardan samarali foydalanishni ta'minlovchi g'o'zani parvarishlashda o'tkaziladigan agrotexnik tadbirlar majmuasi o'z ichiga oladi. Qo'llanmada erta bahorda tuproqqa ishlov berish, yerni ekishga tayyorlash, g'o'za o'suv-amal davrida suv va resurs tejamkor texnologiyalarni qo'llash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, paxta hosilini terib olishgacha bo'lgan agrotexnik tadbirlar to'liq keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitida yetishtiriladigan g'o'za navlarining tavsifi: "Andijon-35", "Andijon-36", "Andijon-37", "Namangan-77" va "Sulton" g'o'za navlarining xususiyatlari, tolalari va boshqa biologik ko'rsatkichlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Viloyatda yetishtiriladigan g'o'za navlarining agrotexnologiyasi: Ertа bahorda va ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish, chigitlarni ekishga tayyorlash, chigit ekish, yaganalash, g'o'za qator orasiga ishlov berish, oziqlantirish, suspеnziya bilan ishlov berish, g'o'zani sug'orish, bеgona o'tlarga qarshi kurash, cho'piq va o'toq qilish, g'o'zani chilpish, zararkunandalarga qarshi kurash, defoliatsiya, paxta hosilini yig'ishtirish, urug'lik paxtani terish, paxtani mashinada terib olish kabi agrotexnik tadbirlar bo'yicha tavsiyalar berilgan.