Тошкент вилоятида сабзавот, полиз ва картошка экинларини етиштириш агротехнологияси бўйича тавсия
Ushbu kitob O'zbekiston sharoitida sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish bo'yicha tavsiyalarni o'z ichiga oladi. Unda har bir ekinning biologik xususiyatlari, o'suv davrida oziqaga bo'lgan talabi, ekish muddatlari va yetishtirish texnologiyalari haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari ham keltirilgan. Kitob fermer xo'jaliklari, qishloq xo'jalik mutaxassislari va dehqonlar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirishning ahamiyati: Inson hayotida oziq-ovqat mahsulotlarining, shu jumladan sabzavot, poliz, kartoshka mahsulotlarining yetarli ravishda ishlab chiqarilishi muhim ahamiyatga ega. Aholini sabzavot, poliz, kartoshka mahsulotlari bilan ta'minlashni keskin yaxshilash hamda uzluksizligini yaratish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
- Ekinlarni joylashtirish va almashlab ekish: Dehqonchiliklarda ishlar ekiladigan sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini tuproq turiga qarab joylaшни reжалаштиришdan boshlanadi. Bunda ushbu ekinlarni biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda bajariladi. Sabzavot ekinlarini joylashtirishda, albatta ularni almashlab ekish ko'zda tutilishi shart.
- Ekish muddatlari: Sabzavotchilikda ekish muddatlarini to'g'ri belgilash katta ahamiyatga ega. Ekish muddatlari bir haftaga kechiksa hosildorlik 20-25% ga kamayadi.
- O'g'itlash: Vegetatsiya davri qisqa bo'lgan sabzavotlar mineral o'g'itlarni tezroq, davr uzun bo'lganlari esa sekinroq o'zlashtiradilar. Sabzavot ekinlari tuproqdagi oziq moddalarga va o'g'itga talabchanligi bilan boshqa ekinlardan farq qiladi.
- Sug'orish: Sabzavot ekinlarining suvga bo'lgan talabi ularning ildiz tizimining rivojlanganligi, ekish usuli-ko'chati yoki urug'i bilan ekilganligi, ekish muddatlari, sizot suvining chuqurligi, tuproq unumdorligi hamda tuproq va havo haroratiga bog'liq.
- Sabzavot ekinlari kasalliklari va zararkunandalari: Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash usullari.