Ёш даврлар психологияси
Ushbu kitob inson ontogenezida ruhiy rivojlanish qonuniyatlarini, har bir yosh davriga xos xususiyatlarni psixologik nuqtai nazardan o'rganishga bag'ishlangan. Unda shuningdek, turli psixologik maktablar, rivojlanish nazariyalari va shaxs shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar ham tahlil qilingan. Kitob talabalarga, o'qituvchilarga va amaliyotchilarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari: Ushbu mavzu yosh davrlari psixologiyasining o'rganish obyekti, rivojlanish qonuniyatlari va vazifalari haqida ma'lumot beradi. Insonning turli yosh bosqichlarida kechadigan psixik rivojlanishning o'ziga xos jihatlari, shuningdek, bu rivojlanishga ta'sir etuvchi omillar ko'rib chiqiladi. Fanning amaliy ahamiyati, jamiyat va ta'lim-tarbiya sohalaridagi roli alohida ta'kidlangan.
- Yosh davrlar psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari: Ushbu mavzu psixologik tadqiqot usullari, jumladan, kuzatish, eksperiment, test, anketalar va suhbatlar kabi metodlar haqida ma'lumot beradi. Qiyoslash, longityud, biografik kabi maxsus tadqiqot usullari ham tahlil qilinadi. Har bir metodning qo'llanilish sohalari, afzalliklari va kamchiliklari ko'rsatilgan.
- Taraqqiyotning asosiy masalalari: Ushbu mavzu shaxsning psixik taraqqiyoti, uning shart-sharoitlari va harakatga keltiruvchi kuchlari kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Psixologiyada rivojlanish muammosining turli talqinlari, jumladan, biologik, sotsiogenetik va psixoanalitik nazariyalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, taraqqiyotning qonuniyatlari, ontogenez va yosh davrlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Yosh davrlarni tabaqalash va yosh inqirozlari: Ushbu mavzu yosh davrlarning tabaqalash mezonlari, psixologik davrlashtirish va yosh inqirozlari haqida ma'lumot beradi. Turli psixologik yondashuvlar asosida yosh davrlarining xususiyatlari, o'tish davrlari va ularning inson psixikasiga ta'siri tahlil qilinadi. Har bir yosh davrida sodir bo'ladigan psixologik o'zgarishlar, shuningdek, yosh davrlarining psixologik xususiyatlari va inqiroz davrlari ko'rib chiqiladi.
- Aqliy qobiliyatning yoshga bog’liqlik holda o’zgarishi: Ushbu mavzu aqliy qobiliyatlarning yoshga bog’liqlik holda rivojlanishi va o’zgarishi haqida so’z yuritiladi. Aqliy qobiliyatlar va ularning tuzilishi. Ta'lim jarayonida aqliy rivojlanish omillari, aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish yo’llari. Xotira, diqqat, tafakkur va nutqning aqliy qobiliyatlar bilan bog’liqligi.
- Chaqaloqlik va g’odaklik davrlari: Ushbu mavzu chaqaloqlik va g’odaklik davrlarida bo’ladigan o’zgarishlar haqida so’z yuritiladi. Bola organizmiga uzviy bog'liq holda kechadi. Chaqoloqning tug'ilishi sifat o'zgarishi ijtimoiy rivojlanishning yangi ko’rinishi va qonuniyatlari.
- Ilk bolalik davri: Ushbu mavzu g’odaklik davridan so’ng bola hayotida rivojlanishning yangi davri ilk bolalik (1-3 yosh) davri bo’lishi va uni qanday xususiyatlarni namoyon qilishi kabi masalalarni yoritib beradi. Ushbu davrda bola o'z hatti-harakatlarida kattalarga bog'liq xolda ularning shart-sharoit ta'minlashi muhimdir.
- Maktabgacha yoshdagi davr psixologiyasi: Ushbu mavzu 3-7 yoshgacha bo'lgan bolalarning psixologik xususiyatlari haqida so'z yuritadi. Ma'lum bo’lishicha maktabgacha davr shaxsning asosiy tamoyillari, dunyoqarashi va his-tuyg’ularining namoyon bo'lishida katta ahamiyatga ega.
- Kichik maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi: Ushbu mavzu kichik maktab davridagi bolalrning o’zgarishiga bag'ishlanadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning barcha o’qish faoliyatining mazmunini batafsil ochib beradi.
- O’smirlik davri psixologiyasi: Ushbu mavzu 11-15 yoshga to’lgan o’smirlarni qamrab olgan holda ularning hayotida kechadigan keskin ruhiy tushkunliklarini ochib beradi. Asosan ular tashqi muhit ta'sirida yuzaga keladigan ziddiyatlarni tasvirlashga qaratilgan.
- O’spirinlik davri psixologiyasi: Ushbu mavzu 15-18 yoshda voyaga yetayotgan o’spirinlarni o’z ichiga olgan holda o'z taqdiriga befarq bo’lmaslikka, har doim haqiqat va adolat tamoyillariga sodiq bo’lishga da’vat etadi.
- Yetuklik davri psixologiyasi: Ushbu mavzu 23-28 yoshdan boshlab 55-60 yoshgacha bo’lgan davrdagi insonlarning o'ziga xos o'tkinchi psixologik holati va harakteristikasiga bag'ishlangan.
- Psixogerontologiya: Ushbu mavzu keksayish davri psixologiyasi bilan bog'liq bo'lib, unda ushbu davrning o'ziga xos jihatlari, psixologik va fiziologik o'zgarishlari, shuningdek, sog'lom keksayish masalalari ko'rib chiqiladi.