Педагогика

Ushbu kitob pedagogika faniga bag'ishlangan bo'lib, unda pedagogikaning nazariy va amaliy jihatlari, ta'lim-tarbiya jarayonining mohiyati, tamoyillari, tashkiliy shakllari va metodlari keng yoritilgan. Kitobda milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning o'rni, shaxs rivojlanishining biologik va psixologik asoslari, oila tarbiyasining ahamiyati kabi masalalar muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular

  • Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari: Pedagogika fanining mohiyati, jamiyat va olam rivojida inson omili, pedagogikaning obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, milliy g'oya va mafkurani shakllantirishda pedagogikaning o'rni.
  • Milliy g'oya, milliy mafkuraning pedagogik asoslari va insonning nodir betakrorligi.: Milliy g'oyaning mohiyati, pedagogik mohiyati, insonning nodir betakrorligi, odamlar dunyoqarashidagi ma'naviy kamolotning o'rni va ahmiyati.
  • Tarbiyada shaxs rivojlanishining biologik va psixologik asoslari: Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha, shaxsni rivojlantiruvchi omillar, rivojlanishda shaxs faoliyatining roli, shaxsni kamol toptirishda tarbiya va rivojlanishning o'zaro bog'liqligi, rivojlanishda shaxsning yoshi va o'ziga xos xususiyatlarining roli.
  • Ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari. Pedagogik jarayon va mutaxassislik: Tarbiyaviy jarayonning milliy ongning shakllanishida ilmiy pedagogik tadqiqotlar uslubining vazifasi va yo'nalishlari.
  • Tarbiya nazariyasi va amaliyoti asoslari: Tarbiya jarayoni, maqsad va vazifalari, davlat ta’lim standarti, tarbiyaning o’ziga xos shakllari, uslublari, vositalari.
  • Ma'naviy-axloqiy tarbiya: Ma'naviy axloqiy tarbiyaning usullari, mazmuni, vazifalari bilan ta'lim-tarbiya jarayonining bog'lanishi.
  • Aql tarbiyasi: Aql idrok, shaxsning ilmiy va nazariy bilimlarni shakllantirishning axloqiy asoslari.
  • Mehnat va kasb tarbiyasi: Mehnat tarbiyasining shakllari, metodlari, mehnat unumdorligini oshirishning usullari.
  • Ta'lim nazariyasi va amaliyoti asoslari: Ta'limning maqsadi, vazifasi, prinsiplari, tashkiliy shakllari va metodlari. Ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalar.
  • Ta'lim-tarbiyaning zamonaviy tashkiliy shakllari: Ta'limning uzluksizligi, tabaqalashtirilganligi, insonparvarligi kabi tamoyillari.
  • Pedagogik g'oyalarning rivojlanishi va ta'lim-tarbiyaning zamonaviy konsepsiyasi: Pedagogik g'oyalarning tarixi, rivojlanishi va ta'lim-tarbiyaning zamonaviy masalalari.
  • Oila tarbiyasi asoslari: Oila a'zolarining huquqlari va burchlari, oilada tarbiyaning o'rni va ahamiyati, ota-onalarning mas'uliyati.