Siyosat mavzusiga leksik birliklarning lingvistik va semantik tavsifi
Ushbu bitiruv malakaviy ishi siyosat mavzusiga oid fransuzcha soʻzlarning leksik xususiyatlari, ono masiologik jihatdan kodifikatsiya masalalari boʻyicha tahlil ishlariga bagʻishlangan.
Asosiy mavzular
- Siyosat konsepti va uning tarkibiy qismlari: Siyosat tushunchasining dolzarbligi, konseptning keng qamrovliligi va jamiyat hayotidagi oʻrni, shuningdek, siyosiy hayotning turli qirralarini ifodalashda fransuz tilida qoʻllaniladigan vositalar ko'rib chiqiladi. Siyosat konseptini tashkil etuvchi komponentlar: siyosiy hayotda ishtirok etuvchi shaxslar, siyosiy institutlar, saylovlar, davlat boshqaruvi va boshqalar tahlil qilinadi.
- Mavzuli oʻquv lugʻatlari til birliklarini kodifikatsiyalash muammolari: Mavzuli lugʻatlarning leksikografik oʻrni, ularning boshqa oʻquv qoʻllanmalaridan farqi, soʻzlarni mavzuli tasniflashdagi qiyinchiliklar, semantik hajmni aniqlash masalalari, frazeologik birliklarning oʻrni va tuzilish prinsiplari muhokama qilinadi.
- Bir tilli mavzuli lugʻatlar yaratishda onomasiologik kodifikatsiyalashning imkoniyatlari: Onomasiologik yondashuvning mohiyati, lugʻatlarning turlari, lugʻat mikro va makrostrukturasi, fransuz tilidagi lugʻatlarning tasnifi va ularning oʻziga xos xususiyatlari, xususan, sinonimlar lugʻatlari tahlil qilinadi.
- «Siyosat» konseptiga oid soʻz birikmalarning semantik tavsifi: Lingvistik lugʻatlarda berilgan «Siyosat» konseptiga oid leksik birliklar tavsifi, soʻz birikmalarining miqdoriy tavsifi, onomasiologik nuqtai nazardan tizimlashtirish, «Siyosat» bilan bogʻliq tushunchalarning jadval koʻrinishidagi tasnifi beriladi.
- Siyosat konseptini voqelantiruvchi leksik birliklarni fransuzcha-oʻzbekcha oʻquv lugʻatida kodifikatsiyalash masalasi: Turgʻun soʻz birikmalarini turkumlash, ikki tilli oʻquv lugʻatida soʻz birikmalarining minimumi, mavzuli oʻquv lugʻatida soʻz birikmalarini kodifikatsiyalash, leksik birliklarni kodifikatsiyalashda grammatik normalarning ahamiyati va tarjima masalalari ko'rib chiqiladi.