Normal va patologik holatlarda lipidlar almashinuvi.

Ushbu kitob lipidlar almashinuvi, ularning buzilishlari, tashxislash usullari va davolash tamoyillariga bag'ishlangan. Unda lipidlarning organizmdagi roli, kasalliklar patogenezi, laboratoriya tekshiruvlari va parhezoterapiya masalalari keng yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Lipidlar almashinuvi va boshqarilishi: Lipidlarning tuzilishi, xususiyatlari, organizmdagi vazifasi, yog' almashinuvini boshqarish mexanizmlari, kasalliklarda yog' miqdorining o'zgarishi.
  • Qon tarkibida lipidlarni aniqlash: Qon zardobida umumiy lipidlar, xolesterin, B-lipoproteidlar miqdorini aniqlash usullari, laboratoriya natijalarini to'g'ri talqin qilish.
  • Triglitseridlar almashinuvi: Triglitseridlarning sintezi, parchalanishi, qonda miqdori, kasalliklarda o'zgarish mexanizmlari, bolalik davridagi xususiyatlari.
  • Xolesterin almashinuvi: Xolesterinning manbalari, biosintezi, kasalliklarda o'zgarishi, lipoproteinlar tarkibida tashilishi, metabolizmining boshqarilishi.
  • Fosfolipidlar almashinuvi: Fosfolipidlarning tuzilishi, turlari, vazifasi, biosintezi, parchalanishi, kasalliklarda o'zgarishi.
  • Lipoproteinlar almashinuvi: Lipoproteinlarning turlari, tarkibi, funksiyasi, kasalliklarda o'zgarish mexanizmlari.
  • Odam organizmda triatsilglitseridlardagi asosiy yog' kislotalari miqdori: Yog' kislotalarining miqdori organizimni energiyaviy ta'minlashi va a'zolarni himoya qilish