Tayloq tumanidagi "Kapalak" maktabgacha ta'lim muassasasining badiiy-loyihaviy yechimi

Ushbu kitob maktabgacha ta'lim muassasalarini rejalashtirish, arxitekturaviy yechimlari, badiiy dizayni, havfsizligi va ekologik jihatlarini qamrab olgan. Unda maktabgacha ta'limning ahamiyati, me'yoriy hujjatlar, turli yoshdagi bolalar uchun talablar, zamonaviy dizayn uslublari, yong'in va elektr havfsizligi choralari, ekologik ta'sirlar va ularni kamaytirish yo'llari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Maktabgacha ta'limni rejalashtirish: Maktabgacha ta'lim muassasalarining turlari, ularni tashkil etish tartibi, binolarning joylashuvi, talablar va asosiy me'yoriy hujjatlar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Arxitekturaviy rejalashtirish: Binolarning tuzilishi, asosiy xonalar, ularning o'lchamlari, yoritilishi va boshqa arxitekturaviy yechimlar haqida ma'lumot beriladi. Bolalar yashash sharoitida qulayliklar va me'yorlar.
  • Badiiy qismi: Interyer dizayni, ranglar uyg'unligi, mebellar tanlash va joylashtirish, yoritish va bezatish materiallari haqida maslahatlar berilgan. Tarzlar (fasad)da va interyerda qanday ishlar qilinishi va ularga talablar.
  • Hayotiy faoliyat xavfsizligi qismi: Yong'in havfsizligi choralari, elektr havfsizligi, zilziladan himoya qilish, havoning harorati keskin sovub va isib ketishi, sanitariya-gigiyena talablari hamda tizimlarining ishdan chiqishi, suv bosishi kabi ofatlarga qaratilgan chora tadbirlar.
  • Ekologiya qismi: Qurilishning atrof-muhitga ta'siri, ekologik holatni baholash, ta'sir etuvchi manbalar, tuproq, suv resurslari, o'simlik va hayvonot dunyosi haqida ma'lumotlar keltirilgan.