Sema va uning turlari

Ushbu kitobda semasiologiya fanining asosiy tushunchalaridan biri bo'lgan sema va uning turlari haqida ma'lumot berilgan. Unda sememaning tuzilishi, semalarning tasnifi va ularning til tizimidagi o'rni ko'rsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Sema tushunchasi: Sema - leksemalarning ma'no bo'laklari. Semema semalardan tashkil topadi. Leksemaning mazmun plani semema ham ma'no komponentlaridan iborat strukturaga ega. Sememaning tarkibiy qismlari, ma'no bo'laklari sema deb yuritiladi. Sema - leksik ma'noning eng kishik birligidir. -U leksema ma'nosining maxsus semik (komponent) tahlil qilish natijasida ajratiladi.
  • Semalarning tasnifi: Semalar turli nuqtai nazarlardan tasnif qilinadi. Semalarni semik strukturadagi darajasiga (mavqeiga) ko'ra asosiy va ikkilamshi (shet) semalarga ajratish mumkin. Leksik ma'noning muhim belgilarini ko'rsatadigan, uni boshqa sememalardan farqlaydigan, sememani asosini tashkil qiladigan semalar asosiy semalar deyiladi. -Ular semik strukturada etakshi mavqeda bo'ladi. Bu kabi semalar oshkor semalar deb ham yuritiladi. Ikkilamshi, shet semalar esa asosiy semani qurshab turadi va ular semik strukturada quyiroq mavqe egallaydi.
  • Semalarning turlari: Semalar yana bir qancha nuqtai nazarlardan farqlanadilar. Tilshunoslikda semalarning ma`no xususiyatiga ko'ra ush xil turi ajratiladi: atash semalari (ideografik, denotativ semalar), ifoda semalari (baho semasi, konnotativ sema), vazifa semalari (funktsional semalar).