Uslubiy qo'llanma
Ushbu metodik qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo'lib, Andijon viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida ishlab chiqilgan. Qo'llanma umumta'lim maktablarining 6-sinf o'quvchilari uchun mehnat ta'limi o'qituvchilari uchun mo'ljallangan. Unda o'quvchilarga mehnat ta'limi haqida ma'lumot berish, kalendar mavzuiy ish reja, nazorat ishlari, texnologik xarita va 68 soatlik dars mashg'ulotiga mo'ljallangan ma'lumotlar batafsil keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Pazandachilik asoslari: Pazandachilik xonasining jihozlanishi, sanitariya-gigiyena talablari, un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati, asbob-uskunalar va ulardan foydalanish, taomlar tayyorlash texnologiyasi, sut va sut mahsulotlari, o'zbek milliy taomlari.
- Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, jun va ipak tolali gazlamalar, ularning olinishi va xossalari, asbob-uskunalar, mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish, mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi, beldan kiyiladigan kiyim turlari, yubkalar, andoza tayyorlash, bichish, tikish va bezash, ta'mirlash texnologiyasi.
- Buyumlarni ta'mirlash texnologiyasi: Kiyimlarni saqlash usullari, kiyimga qarab turish qoidalari, yamoq solish texnologiyasi.
- Zardo'zlik san'ati: Zardo'zlik san'ati tarixi va uning rivojlanishi, zardo'zlikda ishlatiladigan materiallar, asbob uskunalar, zar iplarni o'rash, naqsh turlari, qirqish, Bo'zni korcho'pda taranglab tortish. zamindo'zi va guldo'zi usulida tikish, tikilgan mahsulotni korcho'pdan tushirib tayyorlash, buyumlarni ta'mirlash texnologiyasi va nozmunchoq.