Mintaqaviy iqtisodiyod
Ushbu kitob mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan darslikdir. Unda mintaqaviy iqtisodiyotning mohiyati, mintaqalarning rivojlanish omillari, resurslardan foydalanish, iqtisodiy siyosat, sanoat va qishloq xo'jaligini rivojlantirish, transport va kommunikatsiya majmualari, aholi va mehnat resurslari kabi masalalar yoritilgan. Kitobda, shuningdek, xorijiy tajribalar va O'zbekistonning o'ziga xos xususiyatlari ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Mintaqaviy iqtisodiyot fanining mohiyati: Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, mintaqalarning rivojlanish omillari, mintaqaviy siyosatning mohiyati va vazifalari.
- Mintaqalarning mineral xom ashyo va tabiiy resurslari: Mintaqalarning mineral resurslari, ularning xududiy joylashuvi, iqtisodiyotda tutgan o'rni, bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslardan oqilona foydalanish, O'zbekiston mineral-xom ashyo resurslarining hozirgi holati.
- O'zbekistonning ma'muriy-hududiy bo'linishi: O'zbekistonning ma'muriy-hududiy bo'linishining tarixi, hozirgi holati, O'zbekiston shaharlari, hududiy va mahalliy hokimiyat organlarining isloh qilish yo'llari.
- Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning nazariy asoslari: Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo'yicha xorijiy nazariyalar, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari.
- Mintaqalar aholisi va mehnat resurslari: O'zbekiston mintaqalarining demografik holati, mehnat bozorining rivojlanishi va uni tartibga solish, ijtimoiy siyosat, aholining turmush darajasini oshirish yo'llari.
- O'zbekiston mintaqalarida sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning hududiy jihatlari: Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanish ko'rsatkichlari, mineral xom ashyo va tabiiy resurslar, bozor iqtisodiyoti sharoitida mineral xom ashyo bazasini mustahkamlash.
- Qishloq xo'jaligining hududiy ixtisoslashuvi: Agrosanoat majmuini rivojlantirish muammolari, qishloq xo'jaligida er resurslaridan oqilona foydalanish, bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo'jaligi mahsulotlari.
- Mintaqalarda kommunikasiya majmuasi: Transportning xalq xo'jaligidagi ahamiyati va uning tarkibi. Avtomobil transporti, Temir yo'l transporti, Havo transporti. Suv transporti.
- O'zbekistonning Respublika, Mintaqa, Va Maxalliy boshqaruv organlari: Davlat hokimiyatining turli pog'onalari o'rtasida vakolatlarni taqsimlashning vazifalari va tamoyillari, Respublika, mintaqaviy va mahalliy boshqaruv organlari o'rtasida vakolatlarni taqsimlash jarayonining hozirgi holati.
- Mintaqaviy iqtisodiy siyosat: Mintaqaviy iqtisodiy siyosatning mohiyati va vazifalari, mintaqaviy iqtisodiy siyosat bo'yicha xorijiy tajribalar, Mustaqillik yillarida O'zbekiston mintaqaviy siyosatining asosiy yo'nalishlari.
- Mintaqalarning moliyasi va uni tartibga solish: Hududiy moliyaning mohiyati va tarkibi. Mahalliy byudjet - mahalliy boshqaruv organlari asosiy moliyaviy manbasidir.
- Mintaqalarning tashqi iqtisodiy aloqalari va eksportni ko'paytirish yo'llari: Jahon hamjamiyati bilan hamkorlik. Paxta koomleksining eksport salohiyatini rivojlantirish.