Асосий органик синтез технологияси жараёнларининг назарий асослари
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Toshkent Kimyo Texnologiya Institutining "Asosiy organik sintez texnologiyasi jarayonlarining nazariy asoslari" fani bo'yicha magistratura talabalari uchun mo'ljallangan ma'ruzalar matnidir. Matnda organik reaksiyalar, ularning kinetikasi, kataliz, selektivlik va boshqa muhim texnologik jarayonlar nazariy jihatdan ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Reaksiya tezligi va organik reaksiyalarda moddalarga aylanish tezligini o'rganishning kinetik asoslari: Kimyoviy reaksiyalar stexiometriyasi, material balansi, konsentratsiya, partsial bosim, mol miqdorlar, gomogen va geterogen katalitik reaksiyalar qonuniyatlari va mexanizmlari.
- Reaksiya mexanizmi haqida tushuncha: Oddiy va murakkab reaksiyalar, molekulyarlik, tartib, aktiv kompleks, kinetik va termodinamik nazorat, Gomogen va geterogen katalitik reaksiyalarning mexanizmlari.
- Radikal reaksiyalarning mexanizmi: Zanjir reaksiyalar, aktiv markazlar, zanjirning uzilishi, ingibitorlar, tarmoqlangan zanjir reaksiyalari.
- Gomogen katalitik reaksiyalar: Nukleofil va elektrofil kataliz, kislotali-asosli kataliz, metallo kompleks kataliz, gomogen kataliz kamchiliklari va afzalliklari.
- Geterofazali reaksiyalar mexanizmi va kinetikasi: Geterogen kataliz bosqichlari, adsorbsiya, desorbsiya, aktiv markazlar, monomolekulyar va polimolekulyar adsorbsiya, Langmyur izotermasi.
- Murakkab reaksiyalar selektivligi: Yonma-yon va ketma-ket boruvchi reaksiyalar, seletivlik, konversiya darajasi, termodinamik va kinetik nazorat.
- Aromatik birikmalarda o'rin almashinish reaksiyasi aromatik uglevodorodlar: Benzol va uning gomologlari, aromatik birikmalarning olinish usullari, elektrofil va nukleofil almashinish reaksiyalari.