Технологик машиналар ва жиҳозлар монтажи ва экспулатацияси
Ushbu kitob to'qimachilik sanoati mashinalari va jihozlarining texnologik jarayonlari, ularni montaj qilish, sozlash va ekspluatatsiya qilish masalalariga bag'ishlangan. Unda mashinalarning tuzilishi, ishlatish shartlari, ta'mirlash usullari va texnik xizmat ko'rsatish tartiblari batafsil yoritilgan. Kitobda talabalarning o'quv jarayonida zarur bo'ladigan ma'lumotlar, shuningdek, laboratoriya ishlari va nazorat savollari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Fanning o'quv jarayonidagi o'rni, maqsadi va vazifalari: Fanning maqsadlari va vazifalari, talabalar nimalarni o'rganishi kerakligi, o'rganilishi zarur bo'lgan fanlar ro'yxati.
- Mashinalarni yig'ma birliklari montaji va ta'miri: Yig'ma birliklar, vallarni ta'mirlash, rezbali va shlitsali birikmalarni montaj qilish va ta'mirlash usullari.
- Shesternya va yulduzchalarni sozlash: Shesternya va yulduzchalarni ta'mirlash usullari: seksiyalash, venets usuli, kalibrlash usuli.
- Podshipnikli birikmalar va ularning montaji, ta'miri: Podshipniklardagi nuqsonlar, ularning kelib chiqish sabablari, ta'mirlash usullari, babit bilan ta'mirlash.
- Antifriktsion materiallar yordamida podshipniklarni ta'mirlash: Antifriktsion materiallar, ularning afzalliklari va kamchiliklari, babit quyish texnologiyasi.
- Pnevmatik yigiruv mashinalarini montaji va ekspluatatsiyasi: Pnevmatik yigiruv mashinasining ishlash prinsipi, tuzilishi, ta'mirlash asoslari, o'rta va asosiy ta'mirlash.
- Yigiruv kamerasini sozlash: Yigiruv kamerasining vazifasi, nuqsonlar, ularni bartaraf etish, ta'mirlash jihozlari va asboblari.
- Ta'minlash, chiqarish va urash vallarini sozlash: Ta'minlash, chiqarish va urash vallaridagi nuqsonlar, ularni oldini olish va ta'mirlash usullari.
- Ip tashlash kutisini sozlash va tiklash: Ip tashlash kutisining vazifasi, nuqsonlar, bartaraf etish usullari, ishlatiladigan asbob va jihozlar.
- To'quv dastgohini montaji va ekspluatatsiyasi: To'quvchilik urilishlari, texnologiyasi, STB to'quv dastgohini ta'mirlash, uzatmalarni ta'mirlash.
- Zarb mexanizmini sozlash: Mokki yordamida homuzaga arqoq tashlash, Zarb mexanizmida sodir bo'ladigan nuqsonlar, bartaraf etish.
- Kromka va homuza hosil qiluvchi mexanizmlarni sozlash: Mexanizmlarning vazifasi, nosozliklar va ularni bartaraf etish yo'llari.
- Ta'mirlash va montaj ishlarini tashkil etish va loyihalash: Ta'mirlash ishlari tashkiloti, korxona maydonini hisoblash, ish hajmi, yillik dastur, ish o'rnini tashkil qilish jarayonlari va asosiy uskuna jihozlar.
- Ta'mirlash va montaj ishlari buyicha ilmiy tatqiqot ishlarini o'tkazish asoslari: Ilmiy tadqiqot ishlari talablari, labaratoriya va tajriba usullari