Ona tili

Ushbu kitob o'zbek tilining fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasiga bag'ishlangan bo'lib, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Unda o'zbek tilining tovush tizimi, lug'at boyligi, so'z yasalishi, morfologiya va sintaksis kabi masalalar ilmiy asosda yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Nutq apparati. Artikulatsiya. Fonetik akustika: Nutq apparati va uning tuzilishi, nutq tovushlarining artikulyatsiyasi, artikulyatsiyaning tarkibi, nutq tovushlarining akustik xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Tilning tovush tomoni murakkab hodisa bo'lib, uni (fonetik va fonologik) jihatdan o'rganish aspektlari ko'rsatiladi.
  • Fonetika. Tovush va harf. Fonema va uning variantlari: Fonetikaning predmeti, vazifasi va bo'limlari, tovush nutqning eng kichik birligi sifatida, fonema va fonologiya, fonema variantlari, tovush va harfning farqi tushuntiriladi.
  • Nutqning fonetik bo'linishi. Bo'g'in va o'rg'u: Nutqning fonetik bo'linishi, bo'g'in va uning turlari, bo'g'inning ahamiyati, o'rg'u va uning turlari, o'rg'u olmaydigan qo'shimchalar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Unli tovushlar tasnifi va tavsifi: Unli va undosh tovushlarning o'zaro munosabati, unli tovushlar tasnifi (tilning tik (vertikal) harakatiga ko'ra, tilning yopiq (gorizontal) harakatiga ko'ra, lablarning ishtirokiga ko'ra) va unli tovushlar tavsifi haqida so'z yuritiladi.
  • O'zbek tilining undoshlar tizimi: Konsonantizm, undoshlar tasnifi (hosil bo'lish o'rniga ko'ra, hosil bo'lish usuliga ko'ra, un paychalari ishtirokiga ko'ra, ovozning ishtirok etish darajasiga ko'ra) tahlil qilinadi.
  • Nutq jarayonidagi tovush o'zgarish hodisalari. Transkripsiya: Tovushlarning kombinator va pozision o'zgarishlari, singarmonizm va uning turlari, assimiliyasiya va dissimilyasiya hodisalari, tovush orttirilishi hodisalari, tovush tushishi va unga bog'liq hodisalar, fonetik hodisalarning boshqa turlari, transkripsiya haqida ma'lumotlar keltiriladi.
  • O'zbek tilining talaffuz me'yorlari: Orfoepiya haqida ma'lumot, unli va undosh tovushlar orfoepiyasi, boshqa tillardan kirgan so'zlarning talaffuz me'yorlari bayon etiladi.
  • Grafika. Orfografiya tamoyillari: Grafika haqida umumiy ma'lumot, yangi alifbo va uning o'ziga xosliklari, o'zbek imlosining asosiy tamoyillari haqida so'z yuritiladi.
  • Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari: Unli va undosh harflar imlosi, tutuq belgisining ishlatilish o'rinlari, asos va qo'shimchalar imlosi, qo'shib yozish, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish kabi imlo qoidalari batafsil bayon etiladi.
  • Leksikologiya – tilning lug'at boyligini o'rganuvchi soha: Leksikologiya ta'rifi, tarmoqlari va qismlari, o'rganish ob'ekti, maqsad va vazifalari, lug'at boyligining tuzilishi va sistemaviy xususiyatlari, taraqqiyot qonuniyatlari bayon etiladi.
  • So'zning semantik tarkibi. Bir ma’noli va ko'p ma’noli so'zlar: So'zning semantik tarkibi, leksik ma'no turlari, qo'shimcha ottenka, bir ma'noli va kop ma'noli so'zlar tushuntiriladi.