Qaror qabul qilish tizimlari

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Aloqa, Axborotlashtirish va Telekommunikatsiya Texnologiyalari Davlat Qoʻmitasi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Axborot Texnologiyalari fakulteti "Qaror qabul qilish tizimlari" fanidan laboratoriya ishlarini bajarish boʻyicha uslubiy qoʻllanma. Qoʻllanma 5330200 - "Informatika va axborot texnologiyalari” yoʻnalishi talabalari uchun mo'ljallangan boʻlib, 2013 yilda Toshkent shahrida chop etilgan.

Asosiy mavzular

  • Muammo. Masalani tavsiflash: Muammoni aniqlash va belgilash, maqsadni shakllantirish, qaror qabul qilishga taʼsir etuvchi omillarni aniqlashni oʻrgatish
  • Masalani yechishning alternativ usullarini tavsiflash. Yechimlar daraxtini qurish: Masalani yechishning alternativ variantlarini topishni oʻrganish va ular asosida yechimlar daraxtini qurish
  • Boshqaruvda qaror qabul jarayonini modellashtirish: Qaror qabul qilish masalasini yechishda foydalaniladigan usullarni oʻrganish, masalani yechish uchun eng mos keladigan ratsional matematik usul tanlash va uning asosida matematik modelni qurish
  • Yechimning qiymatlar sohasini aniqlash: Mumkin bo'lgan yechimlar sohasini aniqlash, boshqaruvchi oʻzgaruvchilar qoniqtirishi kerak bo'lgan cheklovlarni belgilash
  • Qaror qabul qilish jarayoniga taʼsir qiluvchi omillarni belgilab olish: Qaror qabul qilish jarayoniga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlashni oʻrganish
  • Qaror qabul qiluvchi shaxs talablariga koʻra yechimni optimallashtirish. Mezonlarni darajalash va ularni belgilab olish usullari: Qaror qabul qiluvchi kishining talablarini belgilash va darajalash, muhimlilik vektori qurishni oʻrganish
  • Yechimlar matritsasini qurish. Noaniqlilik sharoitda qaror qabul qilish: Yechimlar matritsasini qurishni va noaniqlilik sharoitlarda qaror qabul qilish jarayonida asosiy mezonlardan foydalanishni oʻrganish
  • Optimal yechimni topish. Asosiy kompromiss sxemalar: Optimal yechimni topishni oʻrganish, asosiy kompromiss sxemalarni tadqiq qilish