Биохимия
Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, bioximiya fanining asosiy tushunchalari, organizmdagi moddalar almashinuvi va energetik jarayonlar, oqsillar, lipidlar, uglevodlar, vitaminlar va gormonlar kabi muhim mavzularni qamrab oladi. Kitob davomida nazariy ma'lumotlar bilan birga amaliy ahamiyatga ega bo'lgan jihatlar ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Fanning Maqsadi va Vazifalari: Bioximiyaning o'rganish ob'ekti, ahamiyati va boshqa fanlar bilan aloqadorligi, fan tarixining rivojlanishi va sohalari, hujayraning tuzilishi va o'rganish usullari haqida ma'lumot beriladi.
- Oqsillar: Oqsillarning organizmdagi funksiyalari, aminokislotalarning klassifikatsiyasi va xususiyatlari, oqsillarni ajratib olish usullari, molekulyar massasi va umumiy xossalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Fermentlar: Fermentlar haqidagi ta'limot, fermentlarning kimyoviy tuzilishi, ta'sir etish mexanizmi, nomenklaturasi va tasnifi, shuningdek, fermentlarning biologik ahamiyati tushuntirilgan.
- Nuklein kislotalar: Nuklein kislotalarning kashf etilishi, fizik-kimyoviy xossalari, tuzilishi, DNK va RNK tiplari haqida ma'lumotlar beriladi.
- Uglevodlar: Uglevodlarning tabiatda tarqalishi, biologik ahamiyati, xossalari, monosaxaridlar, pentozalar, polisaxaridlar va ularning almashinuvi jarayonlari ko'rib chiqiladi.
- Lipidlar: Lipidlarning kimyoviy tarkibi, ёg 'kislotalar almashinuvi, оксидланиши ва биосинтези, ёғlarning хазм булиши, углеводлардан ёд'ларни хосил булиши, ёғlarning toplanishi каби jarayonlar tavsiflanadi.
- Vitaminlar: Vitaminlar haqida tushuncha, ularning biologik ahamiyati, nomenklaturasi, tasnifi, ayrim vitaminlarning xossalari, vitaminlar sintezining bosqichlari hamda vitamin yetishmasligi bilan bog'liq kasalliklar haqida ma'lumot beriladi.
- Gormonlar: Gormonlar haqida tushuncha, nomenklaturasi, ishlab chiqarilishi, ta'sir mexanizmi, ichki sekretsiya bezlarining gormonlari xususiyatlari, shuningdek, ichak va o'simlik gormonlari haqida ma'lumot beriladi.
- Moddalar va Energiya Almashinuvi: Moddalar va energiya almashinuvi, assimilyatsiya va dissimillyatsiya jarayonlari, hujayra metabolizmi va energiya almashinuvi haqida ma'lumot berilgan.
- DNK ning replikatsiyasi va transkripsiyasi: Ushbu mavzuda DNK ning replikatsiyasi, transkripsiyasi, oqsil biosintezi, genetik kod, DNK biosintezi va transkripsiyasi batafsil yoritilgan.
- Irsiatning moddiy asoslari. Gen, genotip, xromasomalar: Genom tushunchasi, turli organizmlardagi genomning tuzilishi, mutatsiya va gen kasalliklari haqida ma'lumot beriladi