Боғловчи материаллар ишлаб чиқаришдаги ускуна ва жиҳозлар

Ushbu kitob silikat materiallar texnologiyasi, bog'lovchi materiallar ishlab chiqarishdagi uskuna va jihozlarga bag'ishlangan. Unda xom ashyo, qo'shimcha materiallar va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladigan mashina va uskunalar haqida ma'lumot berilgan. Kitob talabalarga mustaqil chuqur ishlashga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Kimyoviy texnologiya korxonalarida qo'llaniladigan jihozlarga xos talablar, jihozlarni tavsiflash
  • Maydalash uchun jihozlar: Maydalash usullari, jihozlarni maydalash darajasi, turlari va tuzilishi, ishlash qoidalari
  • Mayin va o'ta mayin maydalaydigan jihozlar: Tegirmonlar ta'rifi, tuzilishi, harakatlanish sxemasi, texnik tavsilotlari, maydalash jarayonining nazariy asoslari
  • Saralash va boyitish uskunalari: Saralash va boyitish jihozlarining aralashmani saralashga ta'siri, galvir va boshqa jihozlar ta'rifi, tuzilishi, texnik tavsilotlari
  • Havoni va gazni changdan tozalaydigan uskunalar: Havodagi changni ushlab qolish uchun qo'llaniladigan uskunalar ta'rifi, tuzilishi, aerodinamik tartibi
  • Kimyoviy moddalarni kuydirish va quritish uskunalar: Kuydirish uskunalarining turlari, ta'rifi, tuzilishi, asosiy o'lchamlarini hisobi
  • Loyihalash asoslari: Loyihalashning asosiy qoidalari, tuzilishi, kurs loyihasining tartibi va mazmuni, loyiha bitiruv ishi