“Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi”

Ushbu kitob jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy geografiyasining asosiy jihatlarini qamrab olgan ma'ruzalar matnidir. Unda O'zbekiston Respublikasining xalq ta'limi tizimidagi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar jamlangan. Kitobda jahonning siyosiy xaritasi, tabiiy resurslari, aholisi, sanoati, qishloq xo'jaligi va transporti kabi mavzular batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasiga kirish: Geografiya fanining asosiy yo'nalishlari, ijtimoiy-geografik fanlarning tadqiqot obyekti va metodlari, jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy geografiyasining o'rni va ahamiyati.
  • Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi: Siyosiy xaritaning shakllanish bosqichlari, davlatlarining siyosiy tuzumi, XX asrda dunyo siyosiy xaritasidagi o'zgarishlar, yangi mustaqil davlatlar va ularning xususiyatlari.
  • Hozirgi zamon mamlakatlarining xilma-xilligi: Davlatlarning tasnifi, iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'ra guruhlash, hududining kattaligiga, aholisining soniga, geografik o'rniga, siyosiy tuzumiga ko'ra turlari.
  • Dunyoning chuchuk suv resurslari: Gidrosfera tarkibi, chuchuk suv resurslarining taqsimlanishi, suv tanqisligi muammosi va uni hal etish yo'llari.
  • Dunyoning biologik resurslari: O'simlik va hayvonot dunyosi, o'rmon resurslari, ularning ahamiyati va muhofazasi.
  • Dunyo iqlimiy va rekrasion resurslari: Agroiqlim resurslari, iqlim mintaqalari, rekreatsiya va turizm resurslari, ularning geografik taqsimlanishi.
  • Dunyo aholisi geografiyasi: Aholining tabiiy o'sishi, jinsiy va irqiy tarkibi, migratsiyasi, joylashuvi, urbanizatsiya, diniy tarkibi, etnik tarkibi va demografik muammolar.
  • Jahon xo'jaligi geografiyasi: Jahon xo'jaligining shakllanishi, rivojlanishi, geografik modeli, sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, tashqi iqtisodiy aloqalar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar.
  • Fan-texnika inqilobi: Fan-texnika inqilobining mohiyati, asosiy xususiyatlari, tarkibiy qismlari va jahon xo'jaligiga ta'siri.
  • Hududiy ixtisoslashuv: Hududiy ixtisoslashuvning omillari, tamoyillari, shakllari va geografik o'rni.
  • Dunyo okeani resurslari: Dunyo okeanining boyliklari va undan foydalanish, akvakultura, marikultura usullari rivojlantirish va resurslarni himoya qilish.
  • Mintaqalar tavsifi: Horijiy Yevropa,Rossiya,Yaponiya,Osiyo,Amerika va boshqa mintaqalarning asosiy xususiyatlari, iqtisodiyoti va geografiyasi.