Cтандартлаштириш, метрология ва сифатни бошқариш

Ushbu kitob standartlashtirish, metrologiya va mahsulot sifatini boshqarish faniga bag'ishlangan. Unda oziq-ovqat sanoati korxonalarida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishning nazariy asoslari, uslublari va amaliy ahamiyati, shuningdek, mahsulot sifatini ta'minlash va boshqarish masalalari yoritilgan. Kitob talabalarga, o'qituvchilarga va oziq-ovqat sanoati sohasidagi mutaxassislarga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Metrologiya asoslari: Metrologiya fanining mohiyati, rivojlanish tarixi, o'lchov birliklari tizimi, o'lchash usullari va vositalari, metrologik xizmat va uning vazifalari, o'lchash xatoliklari va ularni baholash usullari.
  • Standartlashtirish asoslari: Standartlashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari, standartlarning turlari va toifalari, standartlashtirish jarayoni bosqichlari, standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi, O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish tizimi.
  • Sertifikatlashtirish asoslari: Sertifikatlashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari, sertifikatlashtirish turlari, sertifikatlashtirish jarayoni bosqichlari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari, O'zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish tizimi.
  • Mahsulot sifatini boshqarish: Mahsulot sifati tushunchasi, sifat ko'rsatkichlari, sifatni boshqarish tizimlari, mahsulot sifati ustidan nazorat, mahsulot sifatini oshirish yo'llari, xalqaro tajriba.
  • Oziq-ovqat mahsulotlarining standartlashtirilishi: Oziq-ovqat mahsulotlariga qo'yiladigan umumiy talablar, mahsulotlarni qadoqlash va tamg'alash, mahsulot sifatini baholash usullari, O'zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirishning xususiyatlari.
  • Chet elda Sertifikatlash: Chet el davlatlarida mahsulotni sertifikatlashtirish, chet el sertifikatlari va mahsulotlar haqida qanday ma'lumotga ega bo'lish
  • Ekspert-auditor faoliyati: Auditor faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar, mutaxassis-ekspert qanday bo'lishi kerakligi va auditorning vazifalari