Matematika o'qitish metodikasi

Kitob oʻrta umumiy taʼlim maktablarida matematika oʻqitish metodikasining dolzarb masalalarini yoritadi. Unda matematika oʻqitishning umumiy va xususiy metodikasi, bilim berish texnologiyalari, dars turlari, oʻquvchilarning bilimini nazorat qilish usullari, irratsional va trigonometrik ifodalarni soddalashtirish, tenglamalar va tengsizliklarni yechish metodlari kabi mavzular batafsil bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumta'limiy maktablarda matematika o'qitish masalalari: Matematika o'qitish metodikasining fani, vazifalari, matematika o'qitishning maqsadlari va vazifalari, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, ta'limni isloh qilishning ahamiyati.
  • Matematika darslarida bilishning turlari va xulosa chiqarish metodlari: Bilishning turlari (hissiy va mantiqiy), matematik tushunchalar, hukmlar va xulosalar, ularning ta'riflash metodikasi va turlari, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
  • Maktab matematika kursida ta'lim metodlari: Ilmiy izlanish metodlari, o'qitish metodlari, xulosa chiqarish metodlari, tajriba va kuzatish, taqqoslash, analiz va sintez, umumiylashtirish, abstraksiyalash, konkretlashtirish, klassifikatsiyalash, evristik, muammoli ta'lim metodlari.
  • O'quvchilarning matematik tafakkurlarini shakllantirish metodikasi: Matematik ta'lim jarayonida masalaning roli, masalaning funksiyalari (ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi), ko'phadlarni ko'paytuvchilarga ajratish, darsga qo'yiladigan talablar, didaktik prinsiplar.
  • Son tushunchasini kiritish, uni kengaytirish va sonlar ustida amallar bajarish metodikasi: Natural sonlar, butun sonlar, kasr sonlar, ratsional sonlar, irratsional sonlar, haqiqiy sonlar tushunchalari, ular ustida amallar bajarish usullari, kasrlarni taqqoslash, cheksiz davriy kasrlar.
  • Maktabda ayniy shakl almashtirishlarni o'rganish: Ayniyat, ayniy almashtirish, kasr ifodalarni, irratsional ifodalarni, trigonometrik ifodalarni soddalashtirish va almashtirish usullari.
  • Tenglamalarni o'rganish metodikasi: Chiziqli tenglamalar, kvadrat tenglamalar, irratsional tenglamalar, ko'rsatkichli va logarifmik tenglamalar, trigonometrik tenglamalar, parametrli tenglamalarni yechish usullari va ularning tadbiqi.