Java script tilini o'rganamiz
Ushbu kitob JavaScript dasturlash tiliga bag'ishlangan bo'lib, unda tilning asosiy tushunchalari, imkoniyatlari, sintaksisi, operatorlari, funksiyalari va boshqa elementlari batafsil yoritilgan. Kitobda Web dasturlash sohasida JavaScript-ning roli va ahamiyati ham ko'rsatib o'tilgan.
Asosiy mavzular
- JavaScript tiliga kirish: JavaScript tilining asosiy tushunchalari, tarixi, imkoniyatlari va Web dasturlashdagi roli haqida ma'lumotlar berilgan.
- Java Script imkoniyatlari: Internet brauzer ishini boshqarish va matematik hisoblashlar, foydalanuvchi bilan interaktiv muloqotni o'rnatish imkoniyati haqida ma'lumot berilgan.
- JavaScript tili strukturasi: JavaScript dasturining asosiy qismlari, konteynerlar, hodisalarni qayta ishlovchi qismlar va gipermatn ko'rinishlari haqida ma'lumot berilgan.
- Java Scriptda hodisalarni qayta ishlovchi qism: Java Scriptning asosiy qismi, Web dasturchilar undan ko'piroq foydalanishi, elementlar bilan ishlash haqida ma'lumot berilgan.
- O'zgaruvchilar, ularning nomi va toifalari: O'zgaruvchilarga nom berish qoidalari, toifalarni aniqlash va ulardan foydalanish yo'llari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Operatorlar: Matematik, munosabatli va mantiqiy operatorlar, ularning vazifalari va ishlatilishi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Funksiyalar: Funksiyalarni e'lon qilish, chaqirish, ulardan foydalanish va standart funksiyalar haqida ma'lumot berilgan.
- Standart funksiyalar: eval, escape, unescape, parseInt, parseFloat kabi standart funksiyalar haqida tushunchalar berilgan.
- Qatorlar bilan ishlovchi funksiyalar: length, charAt, substr, indexOf, lastIndexOf, toLowerCase, toUpperCase kabi funksiyalar va ularning qo'llanilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Matematik funksiyalar: math obyektidan foydalanish va turli amallarni bajarish usullari keltirilgan.
- Mantiqiy ifodalar: mantiqiy ifodalarning qiymati,true va false qiymatlarini qabul qilinishi,mantiqiy amallarni bajarish usullari yoritilgan.