Qog'oz ishlab chiqarish
Ushbu kitob qog'oz texnologiyasi asoslarini, xomashyolarni, qog'oz ishlab chiqarish jarayonlarini, qog'oz turlarini, ularning xossalarini va sifat nazoratini o'z ichiga oladi. Kitobda selluloza va qog'oz ishlab chiqarishda ishlatiladigan uskunalar, qog'oz massasini tayyorlash, qog'ozni shakllash, quritish, ishlov berish va sifatini aniqlash usullari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Qog'oz va karton ishlab chiqarishda ishlatiladigan yarim mahsulotlar: Texnik sellulozaning asosiy xossalari, tolali yarim mahsulotlarning qog'oz hosil qiluvchi xususiyatlari va tolali materiallarni kaltalashtirish jarayonlari.
- Maydalash tizimlari va asbob uskunalari: Yarim mahsulotlarni tituvchi qurilmalar, diskali tegirmonlar, konus shaklidagi tegirmonlar, yuqori konsentratsiyalarni maydalovchi asboblar, pichoqsiz tegirmonlar va inersion tebratuvchi tegirmonlar haqida ma'lumotlar.
- Qog'oz va kartonlarni massada yelimlash: Massada yelimlash haqida hozirgi zamon dunyoqarashlar, yelimlash sifatiga ta'sir etuvchi asosiy faktorlar, yordamchi materiallar, koagulyantlar, yelim sifati va qog'ozlarni neytral muhitda yelimlash.
- Qog'oz massalarini to'ldirish: To'ldiruvchilar turi va ularning xarakteristikalari, qog'ozda to'ldiruvchilarning ushlanib qolishi, to'ldiruvchilarni fiksatsiyalash sistemasi, texnologik jarayonlarning to'ldiruvchilarni ushlab qolishga ta'siri va to'ldiruvchilarning qog'oz xossalariga ta'siri.
- Qog'oz massasini quyishda massani tayyorlash texnologiyasi: Texnologik sxema, massalarni mashina hovuzlarida saqlash, massani suyultirish, tozalash, navlarga ajratish va deaeratsiyalash.
- Qog'oz va karton polotnolarini shakllash: Napusk qurilmasi, qog'oz va karton qiluvchi mashinalarning setkali qismida suvsizlantirish, shakllantirish qurilmalari, qog'oz polotnoni presslash va press turlari.
- Qog'ozlarni quritish: Ko'p silindrli quritish qurilmalarida qog'ozni quritgandagi issiqliq-massaalmashuv va kinetika, quritish qurilmasining ta'rifi, qurituvchi silindr, quritish setka va sukno, qog'oz polotnoni uzdirmasdan o'tkazish va quritish qurilmalarining parkondensat sistemasi.
- Paxta sellyuloza texnologiyasi: Paxta sellulozasidan qog'oz ishlab chiqarish jarayonlari.
- Qog'oz va kartonlarga ishlov berish texnologiyasi: Mexanik qayta ishlash, superkalandrda ishlov berish, yumshoq kalandirlarda ishlov berish, loshlash, har xil figuralar hosil qilish uchun siqish, qayta ishlash, yuzasini yelimlovchi polimerlar dispersiyasi.
- Paxta momig'idan sellyuloza va qog'oz ishlab chiqarishda kimyoviy nazorat: Standartlash va mahsulot sifati, mahsulotlarni sertifikatsiyalash, asosiy xomashyo, iflos qo'shimchalar va butun chigitlar massa miqdorini aniqlash, Titan dioksidi.
- Kimyoviy reaktivlar va eritmalar: Sulfat kislota eritmasi, Ammiak eritmasi, Etil spirti, Namuna olishda to'g'ri yo'l tutish,Analitik o'lchovlarning shartlari, Qo'llaniladigan materiallar.