Sudlar faoliyatini tashkil etish
Ushbu kitob "Sudlar faoliyatini tashkil etish" fanini o'rganuvchi talabalar va amaliyotchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, sud tizimining tashkiliy asoslari, faoliyat yo'nalishlari va sud ish yuritish tartiblarini qamrab oladi. Kitobda nazariy bilimlar bilan birga, amaliy ko'nikmalar hosil qilishga yo'naltirilgan materiallar ham mavjud.
Asosiy mavzular
- Sudlar faoliyatini tashkil etish fanining tushunchasi, predmeti va tizimi: Sud hokimiyatining mohiyati, O'zbekiston Respublikasi sud tizimi, fanning yuridik fanlar tizimidagi o'rni va sud hokimiyatini isloh qilish yo'nalishlari.
- Umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini tashkiliy taʼminlash va ishlarni tashkil etish haqidagi umumiy qoidalar: Umumiy yurisdiksiya sudlarining tarkibi, sud devonxonasi ishlari, xodimlarning maqomi, sudyalar va devonxona o'rtasida vazifalarni taqsimlash hamda ishlarni rejalashtirish tartiblari.
- Sudda mehnatni ilmiy tashkil etish tushunchasi va mohiyati: Sud faoliyatini tashkil etishda mehnatni ilmiy tashkil etishning maqsadi, vazifalari va yo'nalishlari.
- Umumiy yurisdiksiya sudlarida ish yuritishni tashkil etish: Sudlarda ish yuritish tartibi, ishlarni saqlash, arxivga topshirish va yo'q qilish qoidalari.
- Birinchi instansiya sudida ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etish: Sud ishlarining sudga kelib tushishi, sudyalar o'rtasida taqsimlanishi, sudyaning ishini tashkil etish va sud muhokamasiga tayyorgarlik ko'rish.
- Ishlarni Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlisida koʻrib chiqilishini tashkil etish: Apellyatsiya va kassatsiya tartibida ishlarni ko'rishning mohiyati, sudyalar va ishtirokchilarning huquqlari.
- Sud qarorlarini ijroga qaratish boʻyicha ishlarni tashkil etish: Sud qarorlarini ijro etishning umumiy qoidalari, jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha ijro tartibi.
- Sudlarda shikoyat va arizalarni ko'rib chiqish hamda fuqarolarni qabul qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish: Sudlarda shikoyat va arizalarni ko'rib chiqish tartibi va fuqarolarni qabul qilish tartibi.
- Sud statistikasini tashkil etish, sudlanganlik haqidagi ma'lumotni va sud amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish. Umumiy yurisdiksiya sudlarida qonun hujjatlarini hisobga olish va sud amaliyoti boʻyicha maʼlumotlarni yuritish: Sud statistikasi tushunchasi, statistik hisobotlarni yig'ish va ularga ishlov berish, sudlanganlik haqidagi statistik hisobotlar.
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida ishlarni tashkil etish: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, ish yuritishni tashkil etish.
- Xoʻjalik sudlarida sud faoliyatini tashkil etish: Xoʻjalik sudlarining funksiyalari, sud amaliyotini ko'rib chiqish, xoʻjalik ishlarini moliyalashtirish.
- Sudlar faoliyatini tashkiliy taʼminlashning umumiy jihatlari: Sudlar faoliyatini tashkiliy taʼminlashning maqsadlari, sudyalarni lavozimga tayinlash, malakasini oshirish tartibi.
- Sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta'minlash: Moddiy-texnik taʼminlashning ahamiyati va sud departamenti tizimi.
- Xalqaro huquqiy hamkorlik sudlar faoliyatini tashkiliy taʼminlashning yoʻnalishlaridan biri tariqasida: Sud organlarining xalqaro hamkorlikni amalga oshrishining huquqiy asoslari.