Fuqarolik protsessual huquqi
Ushbu qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual huquqini oʻrganishga moʻljallangan. U talabalarga fan boʻyicha bilim berish, moddiy va protsessual huquq normalarini qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Fuqarolik protsessual huquqi tushunchasi va tizimi: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik protsessi, fan predmeti va tizimi, manbalari, huquqlar aloqadorligi, sud ishlarini yuritish tushunchasi, turlari va bosqichlari.
- Fuqarolik protsessining tamoyillari: Sudlovning amalga oshirilishi, qonun va sud oldida tenglik, sudyalar mustaqilligi, tortishuv va teng huquqlilik, sud tili, oshkoralik, ishlarni hal qilish, yakka tartibda koʻrilishi, taraflarning huquq va majburiyatlari sud tomonidan aniqlanishi, hal qiluv qarori majburiyligi.
- Fuqarolik protsessida taraflar: Taraflar tushunchasi, protsessual huquq va burchlari, birgalikda ishtirok etish, maqsad va asoslari, tegishli boʻlmagan taraflarni almashtirish tartibi, protsessual huquqiy vorislik.
- Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslarning ishtiroki: Uchinchi shaxslar tushunchasi, turlari, mustaqil talab bilan arz qiluvchi va qilmaydigan uchinchi shaxslar, ishtirok etish asoslari va tartibi.
- Fuqarolik protsessida prokurorning ishtiroki: Prokurorning ishtirok etish maqsadi, asoslari va shakllari, Konstitutsiya va qonun asosida vazifalari, huquq va majburiyatlari, instantsiyalarda ishtiroki.
- Boshqa shaxslarning huquqlarini sudda himoya qiluvchi organlar: Davlat boshqaruv organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessdagi ishtiroki, huquqiy holati.
- Suddagi vakillik: Vakillik tushunchasi va ahamiyati, sudda vakillik qilish asoslari va turlari, vakilning vakolatlari.
- Sud xarajatlari. Sud jarimalari: Sud xarajatlari tushunchasi va turlari, davlat boji, ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlar, sud jarimalari.
- Protsessual muddatlar: Protsessual muddatlar tushunchasi va turlari, hisoblash, oʻtkazib yuborish oqibatlari, uzaytirish va tiklash tartibi.
- Fuqarolik ishlarining sud va boshqa organlarga taalluqliligi: Fuqarolik ishlarining taalluqliligi tushunchasi va turlari.
- Fuqarolik ishlarining sudlovga taalluqliligi: Sudlovga taalluqlilik tushunchasi va turlari.
- Isbotlash va dalillar: Suddagi dalillar va isbotlash vositalarining tushunchasi, dalillarning turlari va baholash.
- Da'vo: Da'vo tushunchasi, elementlari va turlari, da'voga boʻlgan huquq, da'voni taʼminlash choralari.
- Sudda fuqarolik ishlarini qoʻzgʻatish: Sudga ariza berish tartibi, arizaga qoʻyilgan talablar, arizani harakatsiz qoldirish.