Biologik kimyo fanidan ma’ruzalar matni

Ushbu kitob tibbiyot oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, biologik kimyo fanining asosiy yo'nalishlari va amaliy ahamiyatini yoritadi. Kitobda oqsillar, uglevodlar, lipidlar, vitaminlar, fermentlar va boshqa biologik muhim molekulalarning tuzilishi, xossalari, almashinuvi va vazifalari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, turli kasalliklardagi biokimyoviy o'zgarishlar ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Oqsillar: Oqsillarning aminokislota tarkibi, tuzilishi, xossalari, sinflanishi, hazm bo'lishi, to'qimalarda parchalanishi va sintezi, erkin aminokislotalar fondi, deaminlanish, transaminlanish, ammiakning zararsizlantirilishi va siydikchil hosil bo'lishi.
  • Uglevodlar: Uglevodlarning tuzilishi, sinflanishi, hazm bo'lishi, ichaklarda so'rilishi, to'qimalarda parchalanishi (glikoliz, pentozofosfatli sikl), glikogen sintezi va parchalanishi, glyukoneogenez, qonda qand miqdorini boshqarish.
  • Lipidlar: Lipidlarning sinflanishi, yog'larning hazm bo'lishi, ichakda so'rilishi, qonda tashilish shakllari, yog' kislotalarining oksidlanishi, triglitseridlar biosintezi, fosfolipidlarning hosil bo'lishi, xolesterin biosintezi, lipidlar almashinuvining boshqarilishi.
  • Vitaminlar: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha, sinflanishi, organizmda metabolizmi va muvozanatining buzilishi, suvda va yog'da eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari, avitaminoz va gipervitaminoz holatlari.
  • Fermentlar: Fermentlar, ularning xossalari, tuzilishi, sinflanishi, ta'sir etish mexanizmi, kinetikasi, faollikni boshqarish, tibbiyotda qo'llanilishi. Oddiy va murakkab fermentlar, ularning faol va allosterik markazlari, kofermentlar.
  • Genetik axborot: Genetik axborotning ko'chirilish turlari (replikatsiya, transkriptsiya, translyatsiya), genetik kod va uning xossalari, genetik axborot ko'chirilishining buzilishi (mutatsiyalar).
  • Moddalar almashinuvi: Moddalar almashinuvi va uning asosiy bosqichlari, biokimyoviy reaktsiyalar energetikasi, yuqori energiyali birikmalar, oziq moddalardan energiya ajralish bosqichlari, biologik oksidlanish, mitoxondriyaning tuzilishi, Krebs sikli.
  • To'qima va a'zolarning funktsional biokimyosi: Jigar biokimyosi, buyrak biokimyosi, qon biokimyosi, to'qima va a'zolarning funktsional xususiyatlari, turli xil kasalliklar biokimyosi.