Электр энергетикаси

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo'lib, oliy ta'limning 5520200 – "Elektr energetikasi" yo'nalishi bo'yicha tayyorlanuvchi bakalavrlar uchun mo'ljallangan "Elektr tizimlari va tarmoqlari" fanidan ma'ruzalar matnidir. Kitobda elektr tarmoqlarning asosiy tushunchalari, holatlari, hisoblash usullari, quvvat va energiya isroflarini kamaytirish yo'llari kabi masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Elektr tarmoqlarning turlari va xarakteristikalari: Tarmoqlarning turlari, tuzilishi, sxemalari, simmetrik va nosimmetrik holatlari, tarmoq elementlarining parametrlari, tarmoqlarda kuchlanish va quvvat taqsimoti.
  • Elektr tarmoqlarda turli holatlarni hisoblash usullari: Ochiq va yopiq tarmoqlarda kuchlanishni hisoblash, yuklama tokini hisoblash, quvvat oqimlarini aniqlash, bir necha ketma-ket ulangan EUL holatini hisoblash, ikki tomonlama ta'minlovchi tarmoqlarda hisoblash.
  • Elektr tarmoqlarda barqaror holatni tahlil qilish: Chiziqli va egri chiziqli tenglamalar, tugun kuchlanishlari usuli, Зейдель va Ньютон usullari bilan yechish, turli yuklama usullari, quvvat balansi, chastota va kuchlanishni rostlash.
  • Elektr tarmoqlarda quvvat va energiya isroflarini hisoblash va kamaytirish: Quvvat va energiya isroflarini hisoblash usullari, quvvat balansi, quvvatni kompensatsiya qilish, transformatorlarda isroflarni hisoblash, yillik yuklama grafigi bo'yicha hisoblash.
  • Elektr tarmoqlarni loyihalash asoslari: Energetika sistemalarini loyihalash vazifalari va usullari, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar, variantlarni solishtirish, ishonchlilik darajasini hisobga olish, nominal kuchlanishni tanlash, tok zichligi bo'yicha kesim yuzasini tanlash.