Rоbоtоtехnik sistеmаlаr
Kitob robototexnika sistemalari va komplekslarining asosiy tushunchalari, ta'riflari, terminologiyasi, ularga qo'yiladigan talablar, sinflanishi, joylashtirish turlari va sxemalarini o'z ichiga oladi. Sanoat robotlari ishtirokidagi ishlab chiqarish liniyalari va sexlari, robototexnik komplekslar yordamida bajariladigan operatsiyalar, mobil robototexnik sistemalar va ularning sinflanishi ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Robototexnik tizimlar va komplekslar (RTK): RTKlarga qo'yiladigan umumiy talablar, robototexnik tizimlarning turlari, RTKlarni himoyalash vositalari, robototexnik tizimlarning energiya, massa va axborotlar bilan bog'liq o'zgarishlari.
- Asosiy ta'riflar. Terminologiya: Sanoat robotining ijro qurilmasi, manipulyator, boshqarish qurilmasi, o'lchov qurilmasi, xizmat ko'rsatuvchi SR, operatsion sanoat roboti (SR).
- Robototexnik komplekslarning sinflanishi: Robotlashtirilgan bo'lak turlari, RTKni yaratish bilan bog'liq ishlab chiqarish o'zgarishi xarakteri, robotlashtirilgan texnologik jarayon turi, kompleks kompanovkasi, boshqarish turi, odam ishtiroki darajasi, strukturaviy alomat.
- RTKlarning asosiy turlari: Robotlashtirilgan texnologik uya (RTU), robotlashtirilgan texnologik bo'linma (RTB), robotlashtirilgan texnologik liniya (RTL), kompleksning joylashtirilishi (komponovkasi).
- Sanoat robotlarining robototexnik komplekslarda qo'llanilishining asosiy sxemalari: Robotni jihoz yoki qurilma ichida joylashtirilishi, sanoat robotini asosiy texnologik qurilma atrofida joylashtirish, bir nechta robotlarni o'z ichiga olgan RTK, qurilma jihozlariga guruhiy xizmat ko'rsatish.
- Robototexnik komplekslarni joylashtirish. RTKlarni joylashtirishning asosiy turlari: Robotlashtirilgan texnologik uya (yacheyka) (RTYA), robotlashtirilgan texnologik bo'linma (RTB), komplekslarning joylashtirilishi, boshqarish turlari.
- Yijuv robototexnik komplekslari. Robototexnik komplekslar yordamida yijuv operatsiyalarini avtomatlashtirish: Yijuv operatsiyalarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi, SR yordamida avtomatik tarzda yijuv jarayonini amalga oshirish bosqichlari, robototexnik yijuv sistemalarini qurishning kontseptsiyasi.
- Mexanik ishlov berish RTKlari: Stanoklar guruiga xizmat ko'rsatuvchi RTKlar, Temirchilik – presslash operatsiyalarida ishlatiladigan RTKlar, Issiq shtamplash RTKlari.
- Mobil robototexnik sistemalar, ularning vazifalari: Mobil robototexnik sistemalar (MRS), MRSning umumiy sxemasi, MRSning tarkibiy qismlari, MRSlarning funksiyalari.