«Sohaga kirish» fanidan
Ushbu kitob konchilik sanoati, geodeziya, muhandislik geodeziyasi, kon ishlarining texnologiyalari, yer osti va ochiq usullarda qazib olish, shuningdek Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) faoliyati va umuman konchilik sohasiga oid ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Oliy ta'limning tuzilishi: Ta'lim sohasining asosiy bosqichlari, bakalavriat, magistratura va ularning xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Bakalavr ish faoliyati: Bakalavrlarning faoliyat tavsifi, kasbiy-pedagogik yo'nalishlari va ularning ahamiyati tushuntirilgan.
- Talaba huquqi va vazifasi: Talabalarning asosiy huquqlari, majburiyatlari, ularni qonuniy asosda tarbiyalash masalalari ko'rib chiqilgan.
- Bibliografiya: Bosma asarlar, bibliografiyaning tarixi va kitobning jamiyatdagi ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- O'quv jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish: Ta'lim jarayonini tashkil etish, ishchi o'quv reja, o'quv dasturlari va kalendar reja haqida ma'lumot berilgan.
- Kitob ustida ishlash: Kitob bilim manbai sifatidagi roli, kitob bilan ishlash bosqichlari va konspekt hamda tezislarni tayyorlash usullari ko'rsatilgan.
- O'zbek tilida ish yuritish: Korxona va tashkilotlarda o'zbek tilida ish yuritish, ish yuritishda kerakli hujjatlar, xizmat xatlari va hujjat turlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Konchilik sanoati va kon korxonalari: O'zbekiston Respublikasida konchilik sanoati, konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o'ziga xos xususiyatlari va foydali qazilmalarni qazib olish usullari haqida ma'lumot berilgan.
- Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati va yo'nalishlari: NKMKning tashkil etilishi, faoliyat yo'nalishlari, texnologiyalari va xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Tog' jinslari va foydali qazilma konlari haqida ma'lumot: Foydali qazilmalar va ularning turlari, umumiy tushunchalar va konlarning joylashish sharoitlari haqida ma'lumot berilgan.
- Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazish tushunchasi: Ochiq usulda qazish, ochiq kon ishlari, ochish va qazib olish ishlari va kon tayyorlov ishlari haqida ma'lumot berilgan.
- Kar'yer haqida tushuncha: Kar'yerning asosiy tushunchalari, elementlari va parametrlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Foydali qazilmalarni qazib olish bosqichlari va kon lahimlari: Qazib olish bosqichlari, vertikal, gorizontal va qiya kon lahimlari, kamera va qazish lahimlari haqida tushunchalar berilgan.
- Geodeziya fani, uning ahamiyati va vazifasi: Geodeziya fanining mohiyati, ahamiyati, boshqa fanlar bilan aloqasi va tarixiy rivojlanishi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Marksheyderlik grafik hujjatlar va ular haqida umumiy ma'lumot: Marksheyderlik hujjatlari turlari, ahamiyati, tuzilishi va ularga qo'yiladigan talablar haqida ma'lumot berilgan.
- Ruda konlarining umumiy tavsifi va o'ziga xos xususiatlari: Ruda konlarining turlari, xususiyatlari, ruda yo'qotilishi va sifatsizlanishi sabablari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Shaxta va shaxta maydoni: Shaxta tushunchasi, O'zbekistonda ko'mir zaxiralari, shaxtalarning metan bo'yicha kategoriyalarga ajratilishi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Ruda konlarini ocish va tayyorlash: Ruda konlarini ochish usullari, qazish tizimlari va ularga qo'yiladigan talablar haqida ma'lumot berilgan.
- Qoplovchi tog' jinslaridan ag'darmalar hosil qilish: Tashqi va ichki ag'darmalar, ularni hosil qilish usullari va ag'darmalar parametrlari haqida ma'lumot berilgan.