Pеdagogika

Ushbu kitob pedagogika fani, uning vazifalari, qonuniyatlari, metodlari va o'qitish shakllariga bag'ishlangan. O'quv qo'llanmada talabalarning pedagogika fanidan oladigan bilimlarini ko`nikma va malakaga aylantirish uchun ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Pedagogika fanining predmeti va asosiy tushunchalari: Pedagogika fani jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o`tish yo`lida amalga oshirilayotgan ishlar milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat beradi. Pedagogika fanida "ta`lim", "tarbiya”, "ma`lumot", “rivojlantirish” kabi tushunchalar mavjud.
  • O'zbekistonda ta`lim tizimining taraqqiyoti: «Ta'lim to`g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish jarayoni sifat bosqichga kirdi. Yangi o`quv dasturlari, o`quv rejalari, yangi avlod darsliklari, ta'lim standartlariga muvofiq holda ta'lim muassasalariga taqdim etildi.
  • Tarbiya jarayoni, qonuniyatlari va metodlari: Tarbiyaning asosiy yo'nalishlari haqida umumiy tushuncha. Tarbiya qonuniyatlari jamiyat qonuniyatlarining mantiqiy davomidek sodir bo'ladi. Tabiat qonuniyatlari, jamiyat qonuniyatlari, tarbiya qonuniyatlari o'zaro bir-biri bilan uzviy bog'lanishda bo'ladi.
  • Maktabda ta`limning mazmuni va metodlari: Ta'lim metodlari o'quv materiallarini o'rganish, o'qituvchining bilim, ko'nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni o'z ichiga oladi.
  • Bo'lajak o'qituvchining kasb tarbiyasi, tarbiyachi va sinf rahbari: Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishga qo'yiladigan talablarni aniqlang. Sinf rahbari va tarbiyachining shaxsiy xususiyatlarini izohlang. Bir soatlik tarbiyaviy tadbirning reja-matnini tayyorlang.