Ўқитувчи нутқ маданияти

Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun o'quv qo'llanma bo'lib, unda nutq madaniyati, notiqlik san'ati, so'zlash odobi, notiqning mahorati, nutqning ta'sirchanligi, nutq uslublari, notiqning nutqidagi xatolar va ularni bartaraf etish yo'llari, notiqlik san'atining tarixi, Sharq va G'arb madaniyatida notiqlik san'atining o'rni, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy asarlarida notiqlik masalalari, nutqiy etiket va ommaviy axborot vositalarining til xususiyatlari kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • G'arb madaniyati tarixida notiqlik san'atining o'rni: Qadimgi dunyo notiqlik san'ati, Afina va Rimda notiqlikning qadrlanishi, Gretsiya notiqlik san'atining eng yuqori cho'qqisiga ko'tarilgan buyuk zotlar, Rim Respublikasining mashhur notiqlari.
  • Sharq madaniyati tarixida notiqlik san'atining o'rni: Notiqlik san'atining Sharq mamlakatlarida vujudga kelishi, Sharq madaniyati tarixida notiqlik san'ati va uning o'rni, Alisher Navoiy davri notiqligi, Sharqda notiqlik san'ati iste'dod egalari.
  • Xalq og'zaki ijodida nutq odobi masalalari: Xalq og'zaki ijodi turlarining nutq madaniyatini egallashdagi mavqei, xalq og'zaki ijodi xalqning uzoq zamonlardan yashab kelayotgan jonli ovozi, xalq maqollarining nutqi odobi jihatdan ta'lim tarbiyaviy ahamiyati, xalq og'zaki ijodi namunalarida xalqimizning tarixi, kechmishi, ruhi, axloq odobi haqidagi fikrlari, hayotiy tajribalarining aks etishi.
  • Kaykovus suxandonlik xususida: "Qobusnoma"-Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan suxandonlikka oid axloqiy ta'limiy asar, "Qobusnoma"da ilmiy bilimlarni, egallash, odob-axloq qoidalari masalalari, asarda jamiyat taraqqiyoti uchun ilmni birinchi o'rniga qo'yishi, Kaykovus inson tarbiyasini zamon va kelajak uchun insonni yaroqli qilib tarbiyalashga qaratishi.
  • Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyati va notiqlik san'ati: O'zbek shoiri va mutafakkiri ijodida nutq madaniyatining yorilishi, ulug' shoirning tilga munosabati, Alisher Navoiyning Nutq madaniyati va voizlarga munosabati, Alisher Navoiyning "Mahbubul qulub" ("Ko'ngillarning sevgani"), "Muhokamatul-lug'atayn" ("Ikki til muhokamasi", "Nazmul javohir" ("Gavharlar tizmasi") tilning yuksalishiga qo'shgan hissasalari.
  • Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va Abdulla Qodiriy asarlarida notiqlik milliy muomala masalalari: Abdulla Avloniyning "Turkiy gulliston yohud axloq" axloqiy-ta'limiy kitobida milliy til haqida, Abdurauf Fitratning o'zbek tili va adabiyotining nazariy metodologik masalalariga oid fikrlar xususida, Abdulla Qodiriy asarlarida milliy muomala masalalari, Avloniy, Fitrat va Qodiriy asarlarida axloq haqidagi fikrlar va tarbiya ahamiyatining alohida ta'kidlanishi.
  • Badiiy asarda nutk madaniyati masalalari: Abdulla Kaxxorning so'z tanlash maxorati (nutkning alokaviy sifatlari): Abdulla Qahhor tili madaniyati haqida, Abdulla Qahhor. Til haqida nutq, Xalq tilining matbuot, badiiy adabiyot tufayli sayqal topishi, Adiblar til madaniyatimiz mash'ali.
  • Nutk madaniyatini egallash yo'llari. Ommaviy axborot vositalarining til xususiyatlari: Nutq madaniyatini oshirish haqida, Nutq madaniyatini hozirgi zamon talablari darajasiga ko'tarish yo'llari, Nutq madaniyatining shakllanishida, boyishida so'z san'atkorlarining xizmati, So'z, nutq – olimning, yozuvchining, jurnalistning boshq quroli.
  • Nutkiy etiketini o'rganish yuzasidan amaliy mashgulot: Talabalarda xushmuomalalikni tarbiyalashning yo'l va vositalari, Muomalada o'zini tuta bilish odobi, Talabalarni "sizlashish", "salomlashish"ga odatlantirishning uslubi va vositalari, Nutq odobi.
  • Yozma nutk madaniyati. O'zbek tilida ish yuritish: Til – milliy madaniyat ko'zgusi, Adabiy til nutq madaniyatini rivojlantirish muhim va zarur masala, Til – millatning bebaho mulki, Yozma nutqni o'stirishda badiiy asarning roli.