Хайкалтарошлик
Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun "O'qituvchi nutq madaniyati" fanidan amaliy mashg'ulotlar ishlanmasi bo'lib, unda nutq madaniyati, notiqlik san'ati, nutq odobi va ommaviy axborot vositalarining til xususiyatlari kabi mavzular yoritilgan. Ishlanma talabalarning nutq madaniyatini oshirishga, notiqlik mahoratini shakllantirishga va o'z fikrlarini ravon, aniq va ta'sirchan ifoda etishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- G'arb madaniyati tarixida notiqlik san'atining o'rni: Qadimgi dunyo notiqlik san'ati, Afinada notiqlikning qadrlanishi, Gretsiya notiqlik san'atining yuksalishi va Rim respublikasining mashhur notiqlari.
- Sharq madaniyati tarixida notiqlik san'atining o'rni: Notiqlik san'atining Sharq mamlakatlarida vujudga kelishi, Alisher Navoiy davri notiqligi va Sharqda notiqlik san'ati iste'dod egalari.
- Xalq og'zaki ijodida nutq odobi masalalari: Xalq og'zaki ijodi turlarining nutq madaniyatini egallashdagi o'rni, maqollarning nutq odobi jihatidan ahamiyati va xalqning tarixi, ruhi, axloq odobi haqidagi fikrlari.
- Kaykovus suxandonlik xususida: "Qobusnoma" asarida suxandonlikka oid axloqiy ta'limotlar, ilmiy bilimlarni egallash, odob-axloq qoidalari masalalari va jamiyat taraqqiyoti uchun ilmning o'rni.
- Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyati va notiqlik san'ati: Navoiy asarlarida nutq madaniyatining yoritilishi, ulug' shoirning tilga munosabati, nutq madaniyati va voizlarga munosabati.
- Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va Abdulla Qodiriy asarlarida notiqlik milliy muomala masalalari: Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" asarida milliy til haqida, Fitratning o'zbek tili va adabiyotining nazariy metodologik masalalariga oid fikrlari, Qodiriy asarlarida milliy muomala masalalari.
- Badiiy asarda nutq madaniyati masalalari: Abdulla Qahhorning so'z tanlash mahorati: Abdulla Qahhor tilining madaniyati, xalq tilining matbuot va badiiy adabiyot orqali sayqallanishi va adiblarning til madaniyatiga qo'shgan hissasi.
- Nutq madaniyatini egallash yo'llari. Ommaviy axborot vositalarining til xususiyatlari: Nutq madaniyatini oshirish yo'llari, zamon talablariga javob beradigan nutq madaniyatini shakllantirish va so'z san'atkorlarining xizmati.
- Nutqiy etiketini o'rganish: Talabalarda xushmuomalalikni tarbiyalash, muomalada o'zini tuta bilish odobi, "sizlashish" va "salomlashish"ga o'rgatish uslubi.
- Yozma nutq madaniyati. O'zbek tilida ish yuritish: Til - milliy madaniyat ko'zgusi, adabiy til nutq madaniyatini rivojlantirishning muhimligi va yozma nutqni o'stirishda badiiy asarning roli.