Matn lingvistikasi
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining talabalari uchun fanlardan mustaqil ishini tashkil etish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar keltirilgan. Kitob "Iqtisodiy nazariya (umumiqtisodiy fanlar)" kafedrasi tomonidan tayyorlangan.
Asosiy mavzular
- Talaba mustaqil ishi (TMI)ning mohiyati: TMI - muayyan fandan oʻquv dasturida belgilangan bilim, ko'nikma va malakaning ma'lum bir qismini talaba tomonidan fan oʻqituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o'zlashtirilishiga yo'naltirilgan tizimli faoliyatdir.
- Talaba mustaqil ishini tashkil etishning maqsad va vazifalari: Maqsad: kafedra professor-o'qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz o'rganishini tashkil etish, olingan bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash. Vazifalar: yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o'zlashtirish, aqliy mehnat madaniyatini shakllantirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash.
- Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari: Ayrim nazariy mavzularni mustaqil oʻzlashtirish, axborot tayyorlash, seminar mashg'ulotlarga tayyorgarlik koʻrish, nazariy bilimlarni amaliyotda qullash, ilmiy maqola tayyorlash, ilmiy jamiyatlarda ishtirok ettirish.
- Talaba mustaqil ishini baholash mezonlari: Mavzuni o'zlashtirish, referat tayyorlash, ko'rgazmali vositalar tayyorlash, testlar tuzish, ilmiy maqolalar tayyorlash bo'yicha mustaqil ishlarni baholash mezonlari keltirilgan. Har bir ish uchun "Alo", "Yaxshi", "Qoniqarli", "Qoniqarsiz" baholari beriladi.