MATLAB kompleksida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini va elementlarini modellashtirish va dasturlash
Ushbu bitiruv malakaviy ishi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini modellashtirish va dasturlashga bag'ishlangan bo'lib, unda raqamli boshqaruv tizimlarini MATLAB kompleksida tadqiq etish masalalari ko'rilgan. Ishda avtomatik boshqaruv tizimlarining turg'unligi, matematik modellari, MATLAB dasturiy paketining imkoniyatlari va amaliy qo'llanilishi, raqamli rostlagichlarni taxlil qilish usullari va ularning xususiyatlari, hayot faoliyati xavfsizligi masalalari yoritilgan. Shuningdek, sintez qilingan rostlagichli obyektni avtomatik tizimidagi o'tkinchi jarayonlar ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Raqamli boshqaruv tizimlarini taxlili: Ushbu bo'limda raqamli boshqaruv tizimlarini taxlil qilish usullari, strukturalari va rostlagichlarni taxlil qilish va ulardan foydalanish masalalari ko'rib chiqilgan.
- MATLAB kompleksi va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini modellashtirish: MATLAB dasturiy paketining imkoniyatlari, Simulink da dasturlash xususiyatlari va MATLAB bloklari bibliotekasi keltirilgan.
- Raqamli tizimlarni taxlil qilishda MATLAB dasturini amaliy qo'llash: Raqamli boshqaruv tizimini turg'unlik mezonlari asosida taxlil qilish, raqamli boshqaruv tizimlarini modellashtirish va MATLAB dasturiy kompleksi asosida raqamli rostlagichlarni taxlil qilish masalalari yoritilgan.
- Hayot Faoliyati Xavfsizligi: Shovqin ishlab chiqarishda zararli omil sifatida va yong'in xavfsizligi masalalari ko'rib chiqilgan.