Umumiy pеdagоgika
Ushbu kitob pedagogika nazariyasini amaliyotga tatbiq etish bo'yicha qo'llanma bo'lib, unda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, boshqarish, o'quvchilar bilimini tekshirish, nazorat qilish, baholash kabi masalalar yoritilgan. Qo'llanma talabalarga pedagogika fanini o'rganishda yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Ta'lim jarayonining mohiyati: Ta'limning ikki tomonlama jarayon ekanligi, bilish faoliyati turlari, ta'lim jarayonining funktsiyalari, ta'limda qaram-qarshiliklar, bilimlrni o'zlashtirish bosqichlari, o'quv motivlari haqida ma'lumot beriladi.
- Ta'lim qonuniyatlari va qoidalari: Pedagogikada qonuniyat va qoida tushunchasining mohiyati, ta'lim qoidalarining tasnifi bayon etiladi.
- Maktabda ta'limning mazmuni: Maktabda ta'limning mazmuni haqida tushuncha, maktabda o'quv reja, o'quv dastur va darslikning mazmuni va mohiyati ko'rsatib o'tilgan.
- Ta'lim metodlari: Ta'lim metodi tushunchasining mohiyati, ta'lim metodlarining tasnifi, ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar, faoliyatni tartibga soluvchi metodlar, ijobiy xususiyatlarga yunaltiruvchi metodlar.
- Ta'limni tashkil etishning shakllari: Talimni tashkil etish shakllari, sinf dars tizimi, asosiy shakllar, dars, dars turlari, tarkibiy qismlari, noan'anaviy dars, o'quv ishlarini rejalashtirish, kalendar mavzu rejasi, reja, matn, dars kuzatish va tahlil.
- O'quvchilar bilimini tekshirish, nazorat qilish va baholash: O'quvchilar bilimini tekshirish, nazorat qilish va baholashning ahamiyati, bilimlarni tekshirish turlari va maktabda baxo normalari haqida ma'lumotlar.
- Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari: Fanning ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha, pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarining tavsifi ko'rsatib o'tilgan.
- Tarbiya qonuniyatlari va printsiplari: Pedagogikada qonun va qonuniyat tushunchasi, tarbiyaning asosiy qonuniyatlari, tarbiya printsiplari haqida tushuncha bayon etilgan.
- Jamoa va o'quvchilar jamoasini shakllantirish: Jamoa, o'quvchilar jamoasi, farmal jamoa, nofarmal jamoa, umummaktab jamoasi, jamoada shaxs tarbiyasi, jamoa faollari, topshiriqlar, jamoaning rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumotlar.
- Axloqiy tarbiya: Axlok va uning asosiy tushunchalari, axloqiy tarbiya yunalishlari va komil inson tarbiyasida axloqiy tarbiyaning to'tgan o'rni haqida ma'lumotlar.
- Mehnat tarbiyasi: Mehnat tarbiyasi haqida tushuncha, maktabda mehnat va kasb tarbiyasi tizimi haqida ma'lumot berilgan.
- Iqtisodiy va ekologik tarbiya: Iqtisod, iqtisodiy ta'lim, iqtisod alifbosi, iqtisodiy bilim asoslari, iqtisodiy islohatlar, eqologiya, eqologik tarbiya.
- Nafosat va jismoniy tarbiya: Nafosat tarbiyasi haqida tushuncha, maktabda nafosat tarbiyasini berishning mohiyati, yoshlarni jismoniy tarbiyalash tizimi haqida ma'lumotlar.