Ka’sip tan’lawg’a bag’darlaw
Ushbu kitob, o'quvchilarning kasbiy yo'nalishini aniqlash, ularni mehnat ta'limi metodikasi, pedagogika, psixologiya, umumkasbiy va maxsus fanlardan olgan bilim va ko'nikmalarini hayotga tadbiq etish, kasblar olami bilan tanishtirish va shu orqali o'zlariga mos kasbni shakkllantirishga yordam berish masalalarini qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- O'quvchilarni kasbga yo'naltirish nazariyasi va metodikasi: Ushbu mavzuda yoshlarni kasbga yo'naltirishning nazariy shart-sharoitlari, fanning maqsadi va vazifalari, fanning mazmuni, umummehnat va maxsus malakalarni shakllantirish kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Kasb hunarga yo'naltirish ishining pedagogik asoslari: Mehnat ta'limi o'qituvchisiga qo'yiladigan talablar, metodistning kasb tanlashga yo'llashni boshqaruvchilik ahamiyati, metodistga qo'yiladigan talablar, metodistning psixologik-pedagogik, umumtexnik va umumtalim tayyorgarligi kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- Kasb hunarga yoʻnaltirishning ijtimoiy va psixofiziologik asoslari: Kasb hunarga yo'naltirish ishlarining ijtimoiy asoslari, Kasb hunarga yo'naltirish ishlarining psixologik asoslari, Kasb hunarga yo'naltirish ishlarining fiziologik asoslari kabilar batafsil bayon etiladi.