Kutubxona kataloglari

Ushbu kitob, kutubxona kataloglarining ahamiyati, ularning turlari, tashkil etilishi va yuritilishi, shuningdek, universal o'nlik klassifikatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi haqida ma'lumot beradi. Kitobda kataloglarni tashkil etish, ularni tasniflash va turli vazifalarni bajarish bo'yicha ko'rsatmalar mavjud.

Asosiy mavzular

  • Kutubxona kataloglari: Kataloglar - kutubxona fondining tarkibini, mazmunini ochib berish, mavjud resurslar haqida to'liq ma'lumot berish, kitobxonlarga yordam ko'rsatish vazifalarini bajaradi. Kataloglar o'z ahamiyatiga ko'ra kitobxon katalogi va xizmat katalogiga bo'linadi.
  • Alfavit katalog: Ushbu katalogda barcha resurslarning tasviri mualliflarning familiyalari yoki sarlavhalarning alfaviti bo'yicha joylashtiriladi. U konkret bir asarning muallifi va sarlavhasi kitobxonga ma'lum bo'lgan bir asarning bor yoki yo'qligini aniqlash, muayyan muallifning kutubxona fondida mavjud bo'lgan asarlari bilan tanishish imkonini beradi.
  • Sistemali katalog: Sistemali katalogda barcha resurslar ularning fan sohalari bo'yicha mazmuni va belgilariga qarab guruhlarga ajratiladi. Ular umumiydan xususiyga tomon izchillikda bo'linadigan tarmoqlarga ko'ra guruhlanadi.
  • Predmet katalog: Barcha resurslarning mazmuniga asoslanadi, bibliografik tasviri bilim sohalari bo'yicha emas, hujjatda bayon etilayotgan predmet nomlarining alfavit tartibiga binoan joylashtiriladi.
  • Elektron katalog: Elektron kutubxonaning asosiy elementi hisoblanadi. Elektron katalogi bo'lmagan elektron kutubxonani “elektron kollektsiya" deb atash mumkin. Elektron kutubxona fondi elektron shakldagi resurslardan iborat bo'lgani sababli, elektron resurslar tavsifini tuzishga moʻljallangan “Dublin yadrosi” metama'lumotlaridan foydalanilishi maqsadga muvofiq.
  • Universal o'nlik klassifikatsiyasi: AQShda 1876 yilda tashkil etilgan O'nlik Klassifikatsiya (OK) kutubxona bibliografik amaliyotida yirik hodisa bo'lgan sistemaning birinchi nashri e'lon qilindi. O'nlik Klassifikatsiyaning tuzuvchisi yirik kutubxonashunos M.Dyui (1851-1931) edi. OK hozirgi kunda 12 marta qayta nashr etilgan.
  • O'zbekiston Respublikasi kutubxona –bibliografik klassifikatsiyasi: O'zbekiston Respublikasi kutubxona –bibliografik klassifikatsiyasi (KBK) universal klassifikatsiyalar singari ilm-fan rivojlanishining muayyan darajasini aks ettiribgina qolmay, respublikamizning milliy xususiyati, mafkura, siyosat va fanlarni rivojlanishidagi jahon tajribalari hamda yutuqlari hisobga olinib tuzilgan. U 2004 yil nashr etilgan.