Кимёвий жараёнлар энерготехнологияси

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Toshkent farmatsevtika instituti talabalari uchun "Kimyoviy jarayonlar energotexnologiyasi" fanidan ma'ruza matnlari sifatida nashr etilgan. Kitobda kimyoviy jarayonlar energotexnologiyasining nazariy asoslari, issiqlik texnikasi, farmatsevtika va kimyo sanoatida ishlatiladigan jihozlar, ularning turlari, tuzilishi, ishlash tartibi, ularni hisoblash va nazorat qilish usullari haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, kitobda energotexnologiya fanining mohiyati va vazifalari, termodinamikaning asoslari, yopiq sistemalardagi termodinamik jarayonlar, issiqlik almashinuvining nazariy asoslari, vakuum hosil qilish, gazlarni siqish va uzatish, kompressorlar va boshqa mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Energotexnologiya fanining mohiyati va vazifalari: Fanning maqsadi bo'lajak bakalavr mutaxassislariga issiqlik jarayonlarini, issiqlik texnikasini hamda energotexnologiyaning nazariy asoslarini o'rgatish, kimyo-farmatsevtika sohasida qo'llaniladigan turli xil apparatlarning tuzilishi, ishlash tartibi haqida tushunchalar berish, issiqlik qurilmalarining hisobi va loyihalashtirish asoslarining usullarini yetkazish, yoqilg'ilarni yonish jarayonlari, moddiy va issiqlik balanslarini tuzish, issiqlik almashinuv bo'yicha ma'lumotlar berish, energotexnologik tizimlar va energetik balanslarning tahlili bo'yicha yetarlicha bilim va ko'rsatmalar berish.
  • Termodinamikaning asoslari: Termodinamika - energiya o'zgarishi bilan kechadigan makroskopik jarayonlarning nazariyasini o'rgatuvchi fan. Texnik termodinamika esa - energiya ko'chishining ikki ko'rinishi bo'lishi issiqlik va ishning bir-biriga o'tish qonuniyatlarini va shu jarayonlarda ishtirok etayotgan jismlarning xossalarini, hamda issiqlik, sovuqlik va boshqa uskunlarda kechadigan jarayonlarni o'rgatuvchi fandir. Demak, issiqlik va ish energiyaning bir jismdan ikkinchi jismga ko'chirilishi jarayonidagi ikki xildagi shaklidir.
  • Issiqlik almashinuvining nazariy asoslari: Issiqlik o'tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish. Furye qonuni. Nyutonning sovitish qonuni. Issiqlik o'tkazish - issiqlik energiyasining tarqalish qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Issiqlik o'tkazish jarayonlari [isitish, bug'latish, sovitish, kondensatsiyalash] kimyo-farmatsevtika va biotexnologiya sohasida keng qo'llaniladi. Turli xil haroratga ega bo'lgan jismlarda issiqlik energiyasining biridan ikkinchisiga o'tishi issiqlik almashinish jarayoni deyiladi.
  • Vakuum hosil qilish: Vakuum - deb shunday holatga aytiladiki, bunda absolut bosim atmosfera bosimidan kichik bo'lishi kerak. Atmosfera bosimiga (Рatm) nisbatan gazning bosimini pasayishi vakuum (Рvak) hisoblanadi va vakuummetr moslamalari bilan o'lchanadi. Apparatlar, idishlar va boshqa moslamalarda vakuum hosil qilinsa, ularni so'rilayotgan ob'ektlar deyiladi.
  • Gazlarni siqish va uzatish. Kompressorlar: Gaz yoki gaz aralashmalarini bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish va bosimni oshirish uchun mo'ljallangan moslamaga yoki energetik moslamaga kompressor deyiladi. Odatda, kompressorlardagi gazlar atmosfera bosimigacha va undan yuqori bosimgaча siqiladi.
  • Ikkilamchi energ ресурслар: Ikkilamchi energ ресурслар deb, технологик мосламаларда хосил бўладиган, ишлатилмайдиган чиқиндилар, оралиқ махсулотларнинг энергетик қисмига (ёки энергетик потенциали) айтилади. Bu energetik qism qisman yoki to'liq ko'rinishda boshqa moslamalarda yoki jarayonlarda ishlatilishi mumkin.