Yangi davr arab adabiyoti
Ushbu kitob arab mamlakatlaridagi yangi davr adabiyotining shakllanishi, ilk realizm davri, ham arab, ham fransuz tillaridagi adabiyot, bu davrning asosiy vakillari va ularning ijodi haqida ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- Arab mamlakatlarida ma'rifatparvarlik davri: XIX asr boshlarida siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan arab mamlakatlari ichida rivojlanganlari Misr va Suriya edi. Ushbu davrda Yevropa ta'siri va iqtisodiy rivojlanish yo'liga kirish davrning eng muhim xususiyatidir. Arab ma'rifatparvarligi tafakkuri asosi bo'lgan madaniy an'analar sintezi ana shu tarzda yuzaga kelgan edi.
- Yangi arab adabiyotining ilk shakllanish davri: Arab publisistikasi, uning yangi arab adabiyotining vujudga kelishidagi roli muhim ahamiyatga ega. Uning milliy asosi arablar hamma asrlarda e'zozlagan, qadimiy va hamisha navqiron notiqlik san'ati edi. Arab publisistikasi va matbuotining asosiy oʻchogʻi Misr boʻldi.
- Arab adabiyotida ilk realizm davri: XIX asrda arab olamini qamrab olgan ma'rifatparvarlik harakati oʻz taraqqiyoti va tarqalishida hamma joyda bir xil boʻlmagan. Maqsad va vazifalar umumiy bo'lsa-da, ma'rifatparvarlik harakatida uch yoʻnalish yaqqol koʻzga tashlanadi.