Falsafa

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda ma'naviyatning mohiyati, tarkibiy qismlari, siyosiy, huquqiy va iqtisodiy asoslari, shuningdek jahon dinlaridagi ma'naviy-axloqiy ta'limotlar haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Islom Karimovning milliy-ma'naviy tiklanish konsepsiyasi: Ushbu mavzuda Islom Karimovning ma'naviyatga bergan ta'riflari, konsepsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, mustaqillik yillarida ma'naviyatning tiklanishiga qo'shgan hissasi va XXI asrda ma'naviyatni rivojlantirish vazifalari ko'rib chiqiladi.
  • Ma'naviyatning predmeti, tushunchalari va rivojlanish xususiyatlari: Ushbu mavzuda ma'naviyatning mohiyati, ta'rifi va predmeti, asosiy kategoriyalari, ularning o'zaro munosabatlari, rivojlanish qonuniyatlari va davlat siyosatida ustuvor soha ekanligi haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Ma'naviyatning tarkibiy qismlari, ularning oʻzaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari: Bu mavzu ma'naviyat va madaniyat, ma'naviy meros, ma'naviyat va mafkura, qadriyatlar, moddiy va ma'naviy madaniyat tushunchalarini o'z ichiga oladi. Madaniyat va ma’naviyat oʻrtasidagi o'zaro aloqalar va rivojlanish xususiyatlari yoritib berilgan.
  • Ma'naviyat, iqtisod va ularning oʻzaro bogʻliqligi: Mavzuda iqtisodiyot tushunchasi, iqtisodiyot va ma'naviyat birligi, Oʻzbekistonning bozor munosabatlariga oʻtishining oʻziga xos yo'li, ma'naviyat va maʼrifat jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga erishish sharti kabi masalalar haqida fikr yuritiladi.
  • Ma'naviyatning siyosat, huquq va hokimiyatdagi oʻrni: Ushbu mavzu orqali ma'naviyat va siyosat, ma'naviyat va huquq, hokimiyat boshqaruv tizimiga ma'naviy barkamol shaxslarni jalb qilish davlat taraqqiyotining muhim sharti ekanligi haqida so'z yuritiladi. Ularning o'zaro bog'liqliklari o'rganiladi.
  • Ma'naviyatda milliylik va umuminsoniy milliylikni anglash: Ushbu mavzuda milliylikni anglash, uni mustahkamlash va millatlararo totuvlikni ta'minlash shaxs ma'naviyati belgilari sifatida, milliy ma'naviyat va uning xususiyatlari, umuminsoniy ma'naviyat va uning zaminlari haqida tushunchalar beriladi.
  • Qadimgi Sharq va Gʻarb falsafasi maʼnaviyati haqida: Ushbu mavzuda Sharq qadimiy madaniyat oʻchogʻi va jahon tsivilizatsiyasining beshigi, Qadimgi Misr va Bobil falsafasi, Yahudiylik dini, Hindiston falsafasi, Qadimgi Xitoy falsafasi kabilar o'rganiladi.
  • Qadimgi Oʻrta Osiyo xalqlari maʼnaviyatining shakllanish jarayonlari: Ushbu mavzuda qadimgi xalq ogʻzaki ijodiyoti va yozma yodgorliklarda ma'naviyat masalalari, «Avesto»da inson va uning ma'naviyati masalalari, moniylik va mazdakizm taʼlimotlarida ma'naviyat masalalari haqida fikr yuritiladi.
  • Jahon dinlarida maʼnaviyat va shaxs maʼnaviyati qiyofasining talqini: Mavzuda Budaviylik dining qadimgi Oʻrta Osiyo hududida tarqalishi, Xristian dinining ma'naviy asoslari, Islom dinining ma'naviy asoslari va boshqa dinlar bilan oʻzaro ma'naviy munosabatlari haqida ma'lumot beriladi.
  • Islom dinida maʼnaviyat va shaxs maʼnaviy qiyofasining talqini: Bu bobda Qur'oni Karim va Hadisi Shariflarda inson ma'naviyati, tasavvuf va uning ma'naviy jihatlari, Mustaqillik, Islom dini va islomiy qadriyatlarning tiklanishi haqida so'z yuritiladi.
  • Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirish omillari va vositalari: Ushbu mavzuda Shaxs ma'naviyatini shakllantirishda ota-ona va oila masuliyati, Adabiyot va san'atning o'rni, Shaxs ma'naviyatini shakllantirishning boshqa omil va vositalari haqida fikr yuritiladi.