Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish
Ushbu kitob buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda buxgalteriya hisobining mohiyati, avtomatlashtirish tizimlari, iqtisodiy axborotni qayta ishlash, texnologik jarayonlarni loyihalash, dasturiy ta'minot va samaradorlikni baholash kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning nazariy asoslari: Buxgalteriya hisobining roli, avtomatlashtirishning mohiyati, axborot tizimlarining tuzilishi va vazifalari.
- Iqtisodiy axborotni avtomatlashtirish: Iqtisodiy axborotning turlari, tuzilmasi, tasniflanishi va avtomatlashtirish ob'ekti sifatida.
- BHAT texnologik jarayonini loyihalash: Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining tasnifi, korxonada AATni tashkil etish, loyihalash xususiyatlari.
- Iqtisodiy axborotlarni ishlashni avtomatlashtirilgan tizimning ta'minoti: Boshqaruv tizimi, modellari, matematik va dasturiy ta'minot.
- Buxgalteriya hisobida avtomatlashirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari: Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta'rifi, avtomatlashtirilgan joyi foydalanuvchining ish faoliyatini avtomatlashtirish vositasi va avtomatlashtirilgan texnologiyalari.
- Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish zamonaviy dasturlari: Yirik korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan tizimlari, zamonaviy dasturlar, Internetda BHAT sahifalari.
- BHAT texnologik jarayenini qo'llashning iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari: AAT iqtisodiy samaradorligini hisoblash usullari, AATni yaratish va ishlatish harajatlari.