«Umumiy va anorganik kimyo» fanidan ma`ruzalar

Ushbu kitobda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutining «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» fakulteti talabalari uchun moʻljallangan «Umumiy va anorganik kimyo» fanidan maʼruzalar matni keltirilgan. Ma'ruzalar matni institutning Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi ta`lim yo`nalishlari I kurs bakalavriyat talabalariga mo`ljallangan bo`lib, I qismida "Umumiy kimyo" kursiga tegishli bo`lgan: kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari, atom tuzilishi, kimyoviy bog`lanish va uning turlari, kimyoviy jarayonlar borishining asosiy qonuniyatlari, eritmalar, ularning xossalari, eritmalarda boruvchi jarayonlar, elektrokimyoviy jarayonlar va kompleks birikmalar bo`limlarini o`z ichiga olgan mavzular bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari: Kimyoning asosiy tushunchalari, valentlik haqida tushuncha, stexiometrik qonunlar (moddalar massasining saqlanish qonuni, ekvivalentlar qonuni, Avogadro qonuni, tarkibning doimiylik qonuni).
  • Atom tuzilishi. D.I. Mendeleevning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasi: Atomning Bor bo`yicha modeli, kvant sonlari, Pauli prinsipi va Gund qoidasi, Mendeleevning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasi, atomlarning xossalari.
  • Kimyoviy bog`lanish va uning turlari: Kimyoviy bog`lanish turlari, bog`lanish energiyasi, bog`lanish uzunligi, valent burchak va bog`lanish tartibi, dipol momenti, molekulalararo ta`sir turlari, gibridlanish, molekulyar orbitallar usuli.
  • Kimyoviy jarayonlar borishining asosiy qonuniyatlari. Termodinamika tushunchalari: Kimyoviy jarayonlarning energetikasi, sistema haqida tushuncha, energiyaning saqlanish qonuni, ichki energiya va entalpiya, Gess qonuni, izobar-izotermik potensial.
  • Kimyoviy reaksiyalarning kinetikasi: Kimyoviy reaksiyalarning tezligi, reaksiyaning molekulyarligi va tartibi, massalar ta`siri qonuni, reaksiya tezligiga ta`sir etuvchi omillar, kimyoviy reaksiyalarning mexanizm bo`yicha turlari.
  • Dispers sistemalar. Eritmalar.: Dispers sistemalar va ularning turlari, chin eritmalar va ularning hosil bo`lishi, moddalarning eruvchanligi, eritmalar konsentratsiyasi va ularni ifodalash usullari, eritmalardagi osmos hodisasi, eritmalarning bug` bosimi. Raul qonunlari.
  • Elektrolitlarning eritmalari: Elektrolitlar haqida tushuncha, izotonik koeffitsient, elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi, dissotsiyalanish darajasi va doimiysi, suvning ion ko`paytmasi, rN haqida tushuncha.
  • Tuzlarning gidrolizi: Gidroliz haqida tushuncha, gidroliz mexanizmi, gidrolizlanmaydigan tuzlar, kation, anion va kation-anion bo`yicha gidrolizlanish, gidroliz jarayonini kuchaytirish va susaytirish yo`llari, gidroliz darajasi va doimiysi.
  • Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari haqida umumiy tushuncha, asosiy oksidlovchi va qaytaruvchilar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari turlari, oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamalarini tuzish.
  • Elektrokimyoviy jarayonlar: Elektrod va elektrod potensiali haqida tushuncha, qo`sh elektr qavati, elektr yurituvchi kuch haqida tushuncha, standart oksidlanish potensiali, metallarning kuchlanishlar qatori haqida, galvanik elementlar haqida tushuncha.
  • Kompleks birikmalar va ular hosil bo`lishini tushuntiruvchi asosiy nazariyalar: Kompleks birikmalar haqida umumiy tushunchalar, kompleks birikmalarning nomenklaturasi, kompleks birikmalarning turlari, valent bog`lanishlar, kristall maydon nazariyalari, kompleks birikmalarning barqarorligi, ligandlarning spektrokimyoviy qatori haqida tushuncha.