Ona tili

Ushbu kitob "Ona tili" fanidan mashqlar majmuasi bo‘lib, unda o‘quv-uslubiy qo‘llanma sifatida boshlang‘ich ta‘lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalari uchun ona tilidan mashqlar, qoidalar va topshiriqlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • So`zlarning leksik va grammatik ma`nolari: So'zning leksik va grammatik ma'nolari, grammatik shakli va ma'nosi, grammatik ma'noning turlari (umumiy va qo'shimcha ma'no), morfemalar (o'zak va shakllar), so'zlarni morfemalarga ajratish, mustaqil so'zlarning savollari.
  • Ot-so'z turkumi: Otlarning ma'no turlari (atoqli va turdosh otlar), yakka va jamlovchi otlar, aniq va mavhum otlar, otlarda son (birlik va ko'plik) va egalik kategoriyalari, otlarda kelishik kategoriyasi (qaratqich, tushum, jo'nalish kelishiklari).
  • Sifat-so`z turkumi: Sifatning ma'no turlari, sodda va yasama sifatlar, sifat darajalari (orttirma, qiyosiy, ozaytirma darajalar), otlashgan sifatlar, sifatdoshlar.
  • Son-so`z turkumi: Sonning morfologik ko'rsatkichlari, sonning sintaktik xususiyatlari, sonlarning tuzilishiga ko'ra turlari (sodda, juft, takroriy, murakkab), sonning ma'no turlari, hisob so'zlari bilan qo'llanilishi, sonlarning otlashuvi.
  • Olmosh-so`z turkumi: Olmoshning ma'no turlari (kishilik, ko'rsatish, so'roq, belgilash, o'zlik, bo'lishsizlik, gumon olmoshlari), olmoshning grammatik belgilari, tuzilishiga ko'ra turlari, gapda vazifasi, olmoshlarning kelishiklar bilan o'zgarishi.
  • Fe'l-so`z turkumi: Fe'lning bo'lishli va bo'lishsiz shakllari, fe'l nisbatlari, mayl kategoriyasi, zamon kategoriyasi (o'tgan, hozirgi, kelasi zamon fe'llari), fe'lning tuslanishi, fe'l shakllari (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi), fe'lning tuzilishi, to'liqsiz fe'llar, yetakchi va ko'makchi fe'l qo'shilmasi. Fe'l zamonlari
  • Ravish-so`z turkumi: Ravishning ma'no turlari: holat, payt, o'rin, daraja ravishlari, tuzilishiga ko'ra turlari, yasalishi, gapda bajaradigan vazifasi.
  • Yordamchi so`z turkumlari: Ko'makchilar (sof ko'makchilar, ot, ravish, ravishdosh, sifatdoshdan yasalgan ko'makchilar), bog'lovchilar (teng bog'lovchilar, ergashtiruvchi bog'lovchilar), yuklamalar (kuchaytiruv, ta'kid, ayiruv, chegaralov yuklamalari).
  • Alohida olingan so`zlar: Undovlar (his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari), taqlid so'zlar (tovushga taqlid, holatga taqlid so'zlar). Ular nutqda qanday vazifalar bajarishi