Компьютер тизимлари ва тармоқлари
Ushbu kitob kompyuter tizimlari va tarmoqlarining asosiy tushunchalari, arxitekturasi va texnologiyalariga bag'ishlangan. Unda mahalliy va global tarmoqlar, turli xil aloqa usullari, protokollar va kommutatsiya uskunalarini qurish tamoyillari yoritilgan. Material kompyuter tarmoqlarini loyihalash, qurish va ularga xizmat ko'rsatish sohasida bilimga ega bo'lishni istaganlar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kompyuter tizimlari: Kompyuter tizimlarining rivojlanish bosqichlari, shaxsiy kompyuterlar, ularning funksional va strukturaviy tashkil etilishi, klassifikatsiyasi.
- Kompyuter tarmoqlari: Kompyuter tarmoqlarini qurishning asosiy prinsiplari va muammolari, standartlar, Ethernet texnologiyasi va arxitekturasi.
- Tarmoqlarni strukturaviy tashkil etish: Katta tarmoqlarni qurish vositalari, ko'p satxli yondashuv asosida tarmoqlarni qurish, OSI modeli.
- Token Ring texnologiyasi: Token Ring texnologiyasining xususiyatlari va qurilmalari.
- FDDI texnologiyasi: FDDI texnologiyasining asosiy xususiyatlari va tarmoqning ishlash prinsplari.
- Fast Ethernet va Gigabit Ethernet: Fast Ethernet, Gigabit Ethernet va simsiz tarmoq texnologiyalari asosida qurilgan tarmoq xususiyatlari.
- Ko'p mashinali va ko'p protsessorli kompyuter tizimlari: Superkompyuterlar va ularning arxitekturasining xususiyatlari.
- Ma'lumotlarni uzatish va kommutatsiya usullari: Ma'lumotlarni uzatish va kommutatsiya usullari, aloqa tizimlarining vositalari va ularning ko'rsatkichlari.
- Global kompyuter tarmoqlari: Global kompyuter tarmoqlari, ularning turlari, korporativ tarmoqlar, Internet tarmog'i arxitekturasi.