Машина трактор паркига техник хизмат курсатишда кулланиладиган приборлар, мосламалар ва асбобларни урганиш топширик

Ushbu kitob qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va moslamalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda mashina-traktor parkiga texnik xizmat ko‘rsatishda ishlatiladigan turli xil qurilmalar, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari va texnik xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kitob talabalar va qishloq xo‘jaligi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Cho‘zilish dinamometrlari: Dinamometrlarning vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsiplari. Ularning yordamida kuchlarni o‘lchash usullari ko‘rsatilgan.
  • Avtomobillarning rul boshqarmasini tekshirish uchun universal pribor (NIIAT–K–402): Priborning vazifasi, texnik ma’lumotlari, tuzilishi va ishlash tartibi. Rul boshqarmasining texnik holatini aniqlash usullari.
  • O‘n tipidagi noniusli burchak o‘lchagich: Burchak o‘lchagichning vazifasi va turli buymlarning ichki va tashqi burchaklarini o'lchash uchun xizmat qilishi.
  • Balonlarni chiqarish-kiygizish uchun PIM-913 moslamasi: Moslamaning asosiy ma’lumotlari va balonlarni chiqarish va kiygizish tartibi.
  • P–3/20 Nasos qurilmasi: Nasos qurilmasining vazifasi, asosiy ma’lumotlari va ishlash tartibi.
  • Nagruzka vilkasi. LE-2 modeli: Nagruzka vilkasining vazifasi, texnik ma’lumotlari va tuzilishi. Akkumulyator batareyalarini tekshirish usullari.
  • KU-1 (811-00-00) Universal kompressimetr: Kompressimetrning vazifasi, texnik ma’lumotlari va tuzilishi. Dvigatellarning texnik holatini aniqlash usullari.
  • 40 tonnali gidravlik press OKS 1671(2135-1M): Pressning vazifasi, texnik ma’lumotlari va tuzilishi.
  • Gidrosistemasini texnik holatini aniqlovchi pribor, KI – 1097 (DR-70): Priborning vazifasi, texnik ma’lumotlari va tuzilishi.
  • Forsunkalarni sinovchi va sozlovchi KI-562 pribori: Priborning vazifasi, texnik ma’lumotlari va ishlash bo‘yicha qo‘llanma.
  • Stetoskoplar: Traktorlar dvigateli va boshqa qismlaridagi taqillash hamda shovqinlarni eshitib ko‘rishda akustik qurilmalar-stetoskoplar haqida malumotlar.