O’zbek va jahon adabiyoti (Amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi)
Ushbu kitob "Ijtimoiy madaniy faoliyat" fakulteti talabalari uchun O'zbek va jahon adabiyotidan amaliy mashg'ulotlar uchun mo'ljallangan. Kitobda Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab kabi o'zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondalari ijodi, shuningdek, qadimgi Yunon adabiyoti, Uyg'onish davri adabiyoti, XX asr o'zbek adabiyoti vakillari hayoti va ijodi tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» dostoni: Dostonda ahloqiy-na'limiy qarashlar, dostonning tarbiyaviy ahamiyati, asosiy qahramonlarining ramziy ma'nosi.
- Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostoni: Dostonda insoniy fazilatlarning ulug'lanishi, ahloqiy-ta'limiy xususiyatlari, «Ikki do'st hikoyasi» tahlili.
- "Boburnoma" da Bobur timsoli: Asar - XVI asrning nodir namunasi sifatidagi ahamiyati, unda shaharlarning tasviri, Bobur shaxsining murakkabligi, tarbiyaviy jihatlari.
- Boborahim Mashrab ijodida tariqat talqini: Mashrab hayoti va ijodi manbalari, lirikasi va uning janr xususiyatlari, tariqat haqidagi qarashlari, «Qissai Mashrab»ning ahamiyati.
- Muqimiy va xalq og'zaki ijodi: Muqimiy yashagan davrning tarixiy sharoiti, shoir ijodining ommalashishi, g'azallariga xalq og'zaki ijodining ta'siri.
- Qadimgi Yunon adabiyoti: Qadimgi Yunon adabiyotining davrlarga bo'linishi, Homer dostonlari, dostonlarning badiiy xususiyatlari, Esxil va Sofokl fojialari.
- Rim adabiyoti: Rim adabiyotining davrlashtirilishi, dastlabki Rim shoirlari, Lukretsiyning falsafiy dostoni, Neoteriklar va Katull lirikasi.
- O`rta asrlar va Uyg'onish davri adabiyoti: Evropa adabiyotining davrlashtirilishi, diniy-cherkov adabiyotining g'oyaviy yo`nalishi, ritsar-kurtuaz adabiyoti.
- Ingliz va ispan Uyg'onish davri adabiyoti: Servantes hayoti va ijodi, Servantesning ispaniya uyg'onish adabiyotida tutgan o`rni, «Don Kixot» asari.
- Abdulla Qodiriyning «O'tgan kunlar» romani: Romanda timsollar tizimi, Otabek va Kumush timsoli, roman tarihiy va tarbiyaviy ahamiyati.
- Cho`lpon hayoti va ijodi: Ijodiy merosi, dastlabki she`r va hikoyalari, Cho'lpon she`riyatining mavzu doirasi. Cho'lpon dramaturgiyasi.
- Abdulla Qahhor hayoti va ijodi: Abdulla Qahhor hikoyalarining mavzu ko'lami. Abdulla Qahhor qissalari, Abdulla Qahhor romanlari.
- 60-90- yillar adabiyoti: 60-90- yillar o`zbek adabiyotida ikki yo`nalish. She`riyatda E.Vohidov, A.Oripov, R.Parfi, O.Matchon va boshqa ijodkorlarning ijodi.
- Erkin Vohidov hayoti va ijodi: Dastlabki ijodi. 60-yillardagi ilk she'riy to'plamlari. «Muhabbat devoni». 70-80 yillar shoir she'riyatida keng ko'lamdorlik va falsafiy teranlik.
- Evropada Uyg'onish davri adabiyoti: Imperator Oktavian Avgust zamonasi shoirlari. Vergeliy, Goratsiy hamda Ovideylar ijodining Rim adabiyoti tarixida tutgan o`rni.
- Italiyada uyg'onish davri adabiyoti: Uyg'onish davrining asosiy xususiyatlari. Italiya uyg'onish xarakatining vatani sifatida. Dante Alig'eri o`rta asrlarning oxirgi va uyg'onish davrining ilk shoiri.
- Angliyada uyg'onish adabiyoti: XV-XVI asrlarda Angliya jamiyati. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi. Uil'yam Shekspir hayoti va ijodi.
- Daniel' Defo hayoti va ijodi: Daniel' Defoning hayoti va ijodi. Defoning jurnalistik faoliyati. «Robinzon Kruzo” romanining tarixiy, tarbiyaviy ahamiyati.
- Abdulla Oripov hayoti va ijodi: Dastlabki she'riy to'plamlari. Shoirning 70-80 yillardagi ijodi. Mavzular ko'lamining kengligi, falsafiy teranlik, jo'shqinlik.A.Oripovning 90-yillardagi ijodi.
- Pirimqul Qodirov hayoti va ijodi: P. Qodirovning ijodiy faoliyati. P. Qodirov ijodida - yangi tipdagi o`zbek adabiyotining vujudga kelishi."Uch ildiz" romani haqida.
- O'tkir Hoshimov hayoti va ijodi: 60-yillardagi ijodining boshlanishi: «Po'lat chavandoz», «Yo'l havosi». Yozuvchining 70-80-yillardagi ijodi: «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi».
- Muhammad Yusuf hayoti va ijodi: Dastlabki she'riy to'plamlari: «Tanish teraklar», «Bulbulga gapim bor», «Iltijo».Shoirning 90- yillardagi ijodi: «Ko'nglimda bir yor», «Ishq kemasi», «Erka kiyik».
- Jonatan Svift hayoti va ijodi: Ma'rifatchilik adabiyotida Jonatan Sviftning tutgan o`rni.Adib ijodida xalq hayoti tasviri masalasi."Guliverning sayohatlari” asarida ingliz hayotining tanqid qilinishi.
- Vil'yam Shekspir hayoti va ijodi: Vil'yam Shekspir hayoti va ijodi.Ijodining birinchi davri: «Qiyiq qizning quyilishi», «Veronalik ikki yigit».Ijodining ikkinchi davri.
- Mark Tven hamda Xeminguey hayoti va ijodi: Mark Tvenning ijodiy faoliyati. Mark Tven – AQSHning yirik hajviyotchi adibi."Tom Soyerning sarguzashtlari” romani Amerika bolalar adabiyotining ilk namunasi ekanligi.