Диний мутаассибликнинг тарихий илдизлари, замонавий кўринишлари ва унга қарши кураш асослари (Ўзбекистон мисолида)

Ushbu kitob diniy mutaassiblikning tarixiy ildizlari, zamonaviy ko'rinishlari va unga qarshi kurash asoslariga bag'ishlangan. Unda islom dini niqobi ostida ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi, rivojlanishi sabablari va unga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari O'zbekiston misolida tahlil qilinadi.

Asosiy mavzular

  • Diniy mutaassiblikning tarixiy ildizlari va aqiidaparast guruhlarning faoliyat usullari: Mazkur bo'limda mazhablar tarixiga oid manbalarda firqalar tarixining o'rganilishi, mutaassib guruhlarning vujudga kelishi va tarqalishida tarixiy jarayonlarning o'rni, islomdagi asosiy bo'linishlarda firqalarning namoyon bo'lish shakllari faktlar asosida yoritilgan.
  • Zamonaviy mutaassib guruhlarning shakllanishi va ularning tarqalish sabablari: Ushbu bo'limda O'zbekistonda diniy aqidaparastlikning ko'rinishi, uning g'oyaviy ildizlari, mutaassib guruhlar g'oyalarining tarqatilish sabablari va ular faoliyatidagi maqsad va uslublar hususida tadqiqot olib borilgan.
  • Diniy mutaassiblikning jamiyat hayotiga salbiy ta'siri va unga qarshi kurashning ma'rifiy asoslari: Ushbu bo'limda diniy-ekstremistik guruhlarning shahs, jamiyat va davlat barqarorligiga solayotgan tahdidi, O'zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash siyosati va uning ma'rifiy asoslariga oid tadqiqot olib borilgan.