O'zbekiston davlati va huquqi tarixi fanining maqsad-vazifalari, predmeti va o'rganish uslublari
Ushbu kitob O‘zbekiston davlati va huquqi tarixini yoritadi, unda davlat tuzilishining rivojlanishi, huquqiy manbalari va ijtimoiy tuzum o'zgarishlari tahlil qilinadi.
Asosiy mavzular
- Ilk davlatlarning tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari: Ushbu mavzuda O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlatlarning tashkil topishi, ularning kelib chiqishi shart-sharoitlari, sabablari va xususiyatlari o'rganiladi. Shuningdek, ilk voha davlatlarning barpo etilishi va rivojlanishi, davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumi ham ko'rib chiqiladi.
- Qadimgi davlatlarning rivojlanishi va ijtimoiy-siyosiy tuzumi: Mazkur mavzu ahamoniylar hukmronligi davrida ijtimoiy-siyosiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlarni tahlil qiladi. Makedoniyalik Iskandar va Salavkiylar davrida ijtimoiy-siyosiy tuzum xususiyatlari va Kushon davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va boshqaruvi ham ko'rib chiqiladi.
- Qadimgi davrda huquqning asosiy belgilari: Ushbu mavzuda O‘zbekistonda huquqning kelib chiqishi va manbalari, «Avesto» qadimgi davrning asosiy huquq manbayi ekanligi, mulkiy munosabatlarning tartibga solinishi, nikoh va oila huquqi, jinoyat va jazo masalalari hamda sud ishlarining yuritilishi o'rganiladi.
- Eftaliylar davlati va huquqi: Eftaliylar davlatining tashkil topishi, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumining asosiy belgilari, hokimiyat va boshqaruv ishlarining tashkil qilinishi kabi masalalar yoritilgan.
- Turk xoqonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi: Turk xoqonligining o'rnatilishi va VI—VII asrlarda Xorazm, So'g'd va Farg'ona davlatlari,Turk xoqonligining ijtimoiy va davlat tuzumi hamda ilk o'rta asrlarda O'zbekistonda huquqning asosiy belgilari o'rganiladi.
- Arablar hukmronligi davrida davlat va huquq: Arablar istilosi va Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy tuzumi (VII-VIII srlar) masalalari tahlil etiladi. Turkiston yerlarining arablar tomonidan bosib olinishi va ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlar ham ko'rib chiqiladi.
- Islom huquqining asosiy belgilari va xususiyatlari: Islom huquqining vujudga kelishi va rivojlanish xususiyatlari, Islom huquqi manbalari. Shariat bo'yicha mulkiy munosabatlarning tartibga solinishi, Shariatda nikoh-oila va meros huquqi hamda Shariatga binoan jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritish tartibi mavzulari ko'rib chiqiladi.
- Somoniylar davlati va huquqi: Somoniylar davlatining tashkil topishi, Somoniylar davlati ijtimoiy tuzumining asosiy belgilari,Somoniylar davlati hokimiyati va boshqaruvining tashkil etilishi, Somoniylar davlatining huquqiy tizimi kabi masalalar tahlil etiladi.
- G'aznaviylar davlati va huquqi: G'aznaviylar davlatining tashkil topishi, G'aznaviylar davlatining ijtimoiy va davlat tuzumi hamda ilk voha davlatlarining rivojlanishi kabi masalalar tahlil etiladi.
- Qoraxoniylar davlati va huquqi: Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi, Ijtimoiy-siyosiy tuzumi xususiyatlari, Boshqaruvning tashkil etilishi. Qoraxoniylar davlati huquqining asosiy belgilari kabi masalalar tahlil etiladi.
- Saljuqiylar davlati va huquqi: Saljuqiylar davlatining tashkil topishi,Saljuqiylar davrida yer egaligi shakllari va munosabatlari, Saljuqiylar davlat tuzumi. 4. Saljuqiylar davrida huquq masalalari kabi masalalar tahlil etiladi.
- Xorazmshohlar davlati va huquqi: Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi, Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi. Xorazmshohlar davrida hokimiyat va boshqaruv, sud, politsiya hamda harbiy ishlarning tashkil etilishi hamda Xorazmshohlar davrida huquqining asosiy belgilari kabilar tahlil etiladi.
- O‘zbek xonliklarida huquq manbalari: Qo'qon xonligining davlat tuzumi, Buxoro xonligining ijtimoiy tuzumi.Majma' al-arqamda mulk egaligi shakllariga oid ma'lumotlar berilgan.
- Amir Temur va Temuriylar Davlati Va Huquqi: Mo‘g‘ullar Hukmronligi Davrida Davlat Va Huquq, Amir Temur Davlatining Markaziy Hokimiyat Va Boshqaruv Organlari haqida ma'lumotlar berilgan.