Amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun o`quv-uslubiy qo`llanma
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida soliq tizimi, soliqqa tortishning nazariy va amaliy asoslari, soliq turlari, ularni hisoblash usullari, soliq imtiyozlari va soliq qonunchiligi buzilgan hollarda qo'llaniladigan javobgarlik masalalarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda talabalarning amaliy mashg'ulotlar uchun o'quv-uslubiy qo'llanma sifatida mo'ljallangan va soliq masalalarini hal qilish, soliq tizimining islohotlari, va soliq siyosatining asosiy yo'nalishlarini tushunish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- "Soliqlar va soliqqa tortish" fanining predmeti va uni o'rganish usullari. O'zbekiston Respublikasi soliq tizimi: Fanning predmeti, ob'yekti, maqsad va vazifalari. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, tavsifiy xususiyatlari va funktsiyalari. Soliqlar, yig'imlar, bojlar va soliqsiz to'lovlar o'rtasidagi farq. Soliqqa tortish tamoyillari.
- Yuridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig'i. Yagona soliq tizimi: Soliq munosabatlarining ishtirokchilari, soliq ob'yekti va manbai. Soliqqa tortiladigan baza, soliq stavkalari, soliq imtiyozlari. Soliqni to'lash muddatlari va soliq davri. Soliqni undirish usullari. Soliq tizimi va uning tarkibi. Egri va to'g'ri soliqlar.
- Yagona yer solig'i. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish: Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda (daromad) solig'ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Soliq to'lovchilar toifalari. Soliq ob'yekti, soliq stavkalari va ularni qayta qo'shish xarajatlari. Soliqni hisoblash va to'lash muddatlari. Soddalashtirilgan soliq tizimi.
- Yalpi tushumdan undiriladigan soliq. Qo`shilgan qiymat solig'i: Belgilangan daromaddan yagona soliqni to`lovchilar, soliq ob`yektini aniqlash uslubiyoti, Soliq stavkalari hamda soliqni hisoblash va to`lash tartiblari.
- Aktsiz solig'i. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i: Aktsiz solig'ining mohiyati va ahamiyati. O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan, aktsiz solig'iga tortiladigan tovarlar. Aktsiz solig'ini to'lovchilar tarkibi. Soliqqa tortish ob'yekti va hisoblash tartiblari. Aktsiz solig'ini hisobga olish va buxgalteriyada rasmiylashtirish.
- Jismoniy shaxslardan olinadigan mol – mulk solig'i. Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig'i: Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining to`lovchilari, mol-mulk turlari va soliq ob`yekti. Mol-mulk turlari bo`yicha soliqni hisoblashning o`ziga xos xususiyatlari. Yer solig'ini soliq tizimiga joriy etishning asosiy sabablari. Yuridik shaxslar yer solig'ini to`lovchilari. Yer solig'i ob`yekti.
- Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq: Infratuzilmani rivojlantirish solig'ining iqtisodiy mohiyati, soliqni to`lovchilar, soliq ob`yekti. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning iqtisodiy mohiyati va uni joriy etish sabablari. Soliq ob`yektiga nimalar kiradi va uni aniqlash tartibi qanday? Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari va uni tabaqalashtirish mezonlari.
- Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq. Boshqa soliqlar va soliqsiz to`lovlar: Yer osti boyliklardan foydalanishni soliqqa tortish zarurligi va sabablari. Mazkur soliqni to`lovchilar. Boshqa soliqlar va soliqsiz to`lovlar. Jismoniy shaxslarning benzin, dizel yoqilg'isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliqning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Soliqni to`lovchilar, uni hisoblash va byudjetga to`lash tartibi.