Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi

Ushbu kitob yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasiga bag'ishlangan bo'lib, unda tikuvchilik korxonalari, materiallarni tayyorlash, bichish, tikish, pardozlash jarayonlari, kiyim detallariga ishlov berish usullari, yelimlab va payvandlab biriktirish kabi mavzular batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Tikuvchilik sanoatining umumiy tavsifnomasi: Yengil sanoatning ahamiyati, assortiment turlari, korxonalarning mavjudligi va nomlari, kiyimning tavsifi, klassifikatsiyasi, vazifalari va unga qo'yiladigan talablar.
  • Buyumlarni ishlab chiqarishga texnik tayyorlash texnologik jarayoni: Buyumlarni ishlab chiqarish bosqichlari, tajriba sexdagi texnologik operatsiyalar, andozalar turi, andozalar satxini hisoblash usullari va gazlama sarfini normalash.
  • Gazlamalarni bichishga tayyorlash jarayonlari: Tayyorlov sexida texnologik jarayon, materiallarni nuqsonini aniqlash, saqlash, to'shamalar uchun material tanlash va xillash, gazlama to'pini hisoblash usullari.
  • Gazlamalarni to'shash va bichish: Bichuv sexida texnologik jarayon bosqichlari, gazlmamalarni to'shash usullari, to'shamalarni bichish bosqichlari, bichish sexining yakunlovchi texnologik operatsiyalari.
  • Kiyim tikish usullari. Qo'lda bajariladigan qaviqlar va qaviqqatorlar: Kiyim detallarini ulash xusuiyatlari, tavsifnomasi, qo'lda bajariladigan qaviqlar va qaviqqatorlarining tuzilishi, ishlatilish sohasi.
  • Mashinada bajariladigan baxya va baxyaqatorlari: Mashina choklari turlari, birlashtiruvchi, ziy, bezak choklar, birlashtiruvchi choklar tuzlishi va ishlatilish sohasi, ziy choklarning tuzilishi va ishlatilish sohasi, bezak choklari va qo'llanish sohasi.
  • Tikuv buyum detallarini yelimlab va payvandlab biriktirish usullari: Yelim va yelimlash materiallari xusuiyatlari, yelimlarga qo'yiladigan talablar, yelimli materiallarning turlari, turli gazlamalarda yelimlab chok hosil qilish parametrlari, termoplastik materiallarni payvandlash xillari, payvand chok turlari va ularning xususiyatlari.
  • Tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlash: Namlab-isitib ishlov berishning vazifasi va mohiyati, namlab-isitib ishlash usullari, gazlamalarning issiqlikka chidamliligi, namlab-isitib ishlash operatsiyalari.
  • Ayollar va erkaklar kuylagi taqilmalarini tikish: Ayollar kuylagi bostirma qopqoqli taqilmalarini tikish, bitta mag'izli taqilmasini tikish, ikkita mag'izli taqilmasini tikish, kuylakning “molniya” tasmali taqilmasini tikish, erkaklar kuylagi taqilmalarini tikish.
  • Ayollar va erkaklar kuylagi yoqalarini tikish: Erkaklar kuylagi yoqasiga ishlov berish, yoqa ko'tarmasi va qaytarmasi alohida bichilgan yoqani tikish, ayollar kuylagi yoqalariga ishlov berish ketma – ketligi.
  • Ayollar va erkaklar kuylagi yenglarilarini tikish: Yeng turlari va yeng uchlarini tikish usullari, yenglar taqilmalarini tikish, manjet tikish va yengga ulash yengni yeng o'miziga o'tkazish.
  • Ustki kiyim tikish texnologiyasi jarayonlari: Ustki kiyim tayyorlashning umumiy sxemasi, boshlang'ich ishlov berish, kiyim mayda detallarini tikish, vitochkalarni tikish, kiyim detallarini kesimini tikish.
  • Ustki kiyimlar qirqma cho'ntaklarini tayyorlash: Ustki kiyimlardagi cho'ntaklar turlari, qopqopli qirqma cho'ntaklarni tikish, kantli va ramkali cho'ntaklar tikish, listochkali qirqma cho'ntaklarni tikish.
  • Ustki kiyimlar chokidagi cho'ntaklarni tikish: Shim yon chokidagi cho'ntaklarni tikish, shimning kantli va ramkali cho'ntaklarini tikish, shim old bo'lagidagi qiyalama cho'ntakni tikish.
  • Ustki kiyimlar qoplama cho'ntaklarni tikish: Qoplama cho'ntaklarning turlari, qoplama cho'ntak yuqori qirqimiga ishlov berish, astarli qoplama cho'ntaklarni tikish.
  • Ayollar yubkalarini tikish: Yubkaning turlari, yubka taqilmasini tikish, yubkaning yuqori chetiga ishlov berish, yubka etagiga ishlov berish.
  • Erkaklar shimini tikish: Erkaklar shimi bo'laklari, erkaklar shimi taqilmasiga ishlov berish usullari, shimning yuqori qismiga ishlov berish usullari, shim poychasiga ishlov berish.
  • Ustki kiyimlar bortlarini tikish: Bort tikishning bosqichlari, bort qotirmasi tayyorlash usullari, old bo'lakka adipni ulash, bort ziylariga ishlov berish usullari.
  • Ustki kiyimlar yoqalarini tikish: Ustki kiyimdagi yoqalar turlari, yoqa tayyorlash bosqichlari, ustki yoqani ostki yoqaga ulash, yoqani yoqa o'miziga qo'yma chok bilan o'tqazish.
  • Ustki kiyimlar yenglarini tikish: Yenglarning turlari, yeng astarini tayyorlash, yeng asrasining pastgi qismiga ishlov berish, kesimli va kesimsiz yenglarga ishlov berish, yengni yeng o'mziga o'tkazish.
  • Astar, isituvchi qatlam tayyorlash va ularni avraga ulash: Tagliklar tayyorlash, astar tayyorlash va uni kiyim avrasiga ulash, isituvchi qatlam tyyorlash va uni kiyim avrasiga ulash.