Ona tili
Ushbu kitob ona tiliga bag'ishlangan bo'lib, uning qoidalari, hususiyatlari va nutq madaniyati masalalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Fonetika: Bu bo'limda nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, turlari, o'zgarishi, urg'u, bo'g'in, ohang kabilar o'rganiladi.
- Leksikologiya: Bu bo'lim tilning lug'at tarkibi, so'zlarning ma'nolari, kelib chiqishi va qo'llanish doirasini o'rganadi.
- Grammatika: Bu bo'lim so'zlarning gapda o'zgarishi va ularning o'zaro birikib, so'z birikmasi, gap hosil qilishi haqidagi qoidalar to'plamidir.
- So'z yasalishi: Ushbu bo'limda so'zning har bir turkumga oid qoidalarga asosan yasash qonuniyatlari berilgan.
- Nutq uslublari: Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo'limi boʻlib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Unda so'zlashuv, badiiy, rasmiy, ilmiy kabi uslublar berilgan.